Get Mystery Box with random crypto!

«Oisha roziyallohu anho onamizning erkak talabalari ichida eng | Hubbuna

«Oisha roziyallohu anho onamizning erkak talabalari ichida eng mashhuri Urva ibn Zubayrdir. Urva xolasi boʻlgan Oisha roziyallohu anho onamizning yonlariga bemalol kelib-ketishga imkoni boʻlgani sababli yetuk ilm egasi boʻlishga musharraf boʻlganlar. Muhammad Ali Kutub «Oisha muallimatur rijol val- ajyal» nomli kitobining bir boʻlimida «Islom olimlarining ustozi» sarlavhasi ostida Oisha onamiz haqida: «Masjidun-Nabaviydan soʻng Oishaning uyi Islom tarbiya markazlarining birinchisi, ayni paytda Islom fikr tarixida buyuk izlar qoldirgan eng ulugʻ makon boʻldi», – degan. Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlarining onasi boʻlish masʼuliyatini his qilgan Oisha onamiz roziyallohu anho islomiy ilmlarning bizgacha yetib kelishida juda katta hissa qoʻshganlar».

Murat Tosunning «Olim yetishtirgan onalar» kitobidan #Iqtibos

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida