Get Mystery Box with random crypto!

Mahrni bermay uylanish mumkinmi? #Savol: Assalomu alaykum. Bi | Hubbuna

Mahrni bermay uylanish mumkinmi?

#Savol: Assalomu alaykum. Birinchi ayoliga mahr bermay turib, ikkinchisiga uylanish mumkinmi?

Javob: Va alaykum assalom.
Mahr nikohning vojibotlaridandir, ikkinchi ayolga uylansa-uylanmasa, mahrni berishga er majbur. Ikkinchi ayolga uylanish uchun esa adolat qilish shart qilingan, birinchisiga mahr berish emas. Ammo vijdonan aytganda, ikkinchi ayolga uylanishga qurbi yetgan erkak birinchi ayoliga mahrini berib qo'yishi kerak. Bu o'rinda ayol mahrini so'rasin. Vallohu a'lam.

#mahr #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida