Get Mystery Box with random crypto!

Dars #101 Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Un | Grammar Notes

Dars #101 Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Uncountable nouns)

Ingliz tilida a/an/some/any/much/many/a few/a little va boshqa soʻzlarni toʻg'ri qoʻllay olish uchun otlarning sanaladigan va sanalmaydiganligini bilishimiz lozim boʻladi.

Sanaladigan (countable) otlar umumiy qoidaga binoan birlik va koʻplik shakllarida kela oladi.
a box - two boxes an apple - some apples

Umumiy ma'nodagi birlikdagi sanaladigan otlar oldidan noaniq artikli (a/an) qoʻllanilishi lozim.
A dog is an animal. (It - hayvon.)
My friend works as a driver. (Do'stim haydovchi sifatida ishlaydi)
Sanaladigan otlar lug'atda [C] (Countable) belgisi bilan ajratiladi.

Sanalmaydigan (uncountable) otlar umumiy qoidaga binoan faqat birlik shaklida qoʻllaniladi. Koʻplik qoʻshimchasini olmaydi.
bread, blood, gold
Sanalmaydigan otlar umumiy ma'noda kelsa, ular oldidan hech qanday artikl va aniqlovchi soʻz qoʻyilmaydi.
Blood is red. (Qon qizil rangda)
This ring is made of gold. (Bu uzuk oltindan yasalgan)
Sanalmaydigan otlar lug'atda [U] (Uncountable) belgisi bilan ajratiladi.

Ba'zibir otlar gapdagi ma'nolariga koʻra sanaladigan yoki sanalmaydigan boʻlib kelishi mumkin.
a paper C - gazeta, hujjat, maqola
I am reading a paper. (Men gazeta o'qiyapman)
paper U - qog'oz
I need some writing paper. (Menga biroz yozish qog'ozi kerak)
a glass C - stakan
I broke a glass this morning.
glass U - shisha
Glass is made from sand.
a hair C - soch tolasi
There is a hair in my soup!
hair U - soch (boshdagi)
She has got black hair.
a stone C - tosh (bir dona)
I picked up a stone and threw at the birds.
stone U - tosh (qurilish materiali)
We used stone to build up walls.
an experience C - voqea, hodisa
It was a terrifying experience.
experience U - tajriba
He gained little experience in that job.
a workC - asar
The works of A.Navoiy are worth reading.
work U - ish
I have got some work to do.

Bu izohlarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin agar yaxshi lug'at qoʻl ostimizda boʻlsa, lug'atdan foydalanib yuqoridagidek otlarning sanaladigan va sanalmaydigan ma'nolarda ishlatilishini oson bilib olish mumkin.

If you want to do some good to your friends just share this post @grammarnotes #2021 #newlessons
Kanalga qo'shiling https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA