Get Mystery Box with random crypto!

Ha, “Barselona” hozir va o‘zi umuman Messi erasidan so‘ng oson | FUTGOL

Ha, “Barselona” hozir va o‘zi umuman Messi erasidan so‘ng oson bo‘lmagan (umuman olganda, bu tabiiy, biroq rahbariyat xatolarini tan olmaslik yana bir katta xato) davrni boshdan kechiryapti. Xaloskor bo‘lishi kutilgan Xavi katta bosimda qolib allaqachon klubni mavsum so‘ngida tark etishini e’lon qilib qo‘ygan.

Tarkibda muammolar to‘lib yotgan bo‘lsa ham (masalan, kecha jarohatdagilar safiga Rafinya ham qo‘shildi) jamoa bir nimalar qilishga, o‘zlikni saqlash, qaytarishga harakat qilyapti. Bu yo‘lda 16 yoshli bolakay — Lamin Yamal haqiqiy xaloskorga aylanayotgani ham jamoada muammolar ko‘lami ancha kattaligini ko‘rsatadi. Qariyb 20 yil jamoa bir futbolchining atrofida qurilib, o‘zgartirilib borildi. Endi esa u yo‘q. Undan keyingi jamoani qurish ham oson bo‘lmayapti.

Futbolga “Liverpul”lar, “Real”lar qanchalik kerak bo‘lsa, kuchliroq “Barsa”, “M.Yunayted”lar ham shunchalik kerak. Ularsiz futbolda doim nimadir kam tuyulaveradi. Shaxsan men futbol uchun bu jamoalarning yanada kuchliroq bo‘lib qaytishini xohlardim.

Aytgancha, Xavi ketishini aytganidan beri esa “Barsa” 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularning 5 tasida g‘alaba qozonib, 3 tasida durang qayd etdi.

Hamma gap Xavining ketishida bo‘lmasa kerak-a?)

@futgol_uz