Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoya Anton Chexov. 'GO‘L' (hikoya)    Ancha bo‘ldi...xona | Elektron kutubxona

#Hikoya

Anton Chexov. "GO‘L" (hikoya)

   Ancha bo‘ldi...xonamga bolalarimning murabbiyasi Yuliya Vasilyevnani maoshini berish uchun chaqirdim:
- Yuliya, o‘tir! Hisob-kitob qilaylik. Bilib turibman, pulga ehtiyojing bor. Ammo xijolat bo‘lib o‘z haqingni ham so‘ray olmayapsan.
  Xo‘o‘p, sen bilan ish boshlashdan oldin bir oyda o‘ttiz rubl maosh olishingni belgilab olgan edik. To‘g‘rimi?
- Qirq rubl...
- Yo‘q! O‘ttiz rubl. Men daftarimga yozib qo‘yibman. Murabbiyalarga doimo o‘ttiz rubl beraman. Ikki oy ishlabsan.
- Ikki oy-u besh kun...
- Ikki oy ishlagansan. Aniq. Menda yozig‘liq turibdi. Demak oltmish rubl bo‘ladi. O‘nta yakshanbani chiqarib tashlaymiz. Yakshanbada dars bermagansan. Faqat bolalar bilan sayr qilgansan. Uch kun bayram bo‘lgan uni ham chiqarib tashlaymiz.
  Uning yuzlari qizarib qo‘li bilan kuylagi popuklarini behuda g‘ijimlay boshladi. Bir og‘iz ham gapirmadi. Davom etdim..
- Demak uch kun bayramni chiqarib tashlaymiz. Hammasi o‘n ikki rubl bo‘ladi. Kolya to‘rt kun bemor bo‘ldi. Faqatgina Varyaga dars bergansan. Uch kun tishing og‘rigan. Xotinim tushdan so‘ng senga javob bergan. Demak o‘n ikkiga yettini qo‘shsak o‘n to‘qqiz bo‘ladi. Ayirib tashlasak qirq bir rubl qoladi. Shundaymi?
  Yuliya Vasilyevnaning chap ko‘zi qizarib yoshga to‘ldi. Iyaklari titrab yo‘taldi va yutindi. Ammo bir og‘iz ham gapirmadi. Men davom etdim:
- Yangi yildan oldin bitta piyola va tovoqni sindirgan ekansan. Bunga ikki rubl chiqarib tashlaymiz. Piyola bundan qimmatroq turadi. U bizga meros qolgan. Ammo yaratgan seni kechirsin. O‘rniga boshqasini olaqolamiz. Sening e’tiborsizliging tufayli Kolya daraxtga chiqqan va pidjakini yirtgan. Sening aybing bilan Varyaning oyoq kiyimini xizmatkor o‘g‘irlagan. Sen hamma narsaga e’tibor berishing lozim edi. Shunday qilib yana besh rubl chiqaramiz. O‘ninchi yanvarda mendan o‘n rubl olgansan.
  Yuliya Vasilyevna pichirladi:
- Olmaganman!
Men:
- Olgansan. Daftarimda yozilgan turibdi.
- Xo‘p. Shunday bo‘la qolsin.
Davom etdim...
- Qirq birdan yigirma yettini ayiramiz. O‘n to‘rt rubl qoladi.
  Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Uzun va chiroyli burunlari ustida ter ko‘rindi. Bechora qiz! U titroq ovozda dedi:
- Bir marta olganman. Bir marta uch rubl olganman. Boshqa olganim yo‘q!
Men:
- To‘g‘ri aytding. Men shuni yozmagan ekanman. O‘n to‘rtdan uchni ayirsak o‘n bir qoladi. Mana pullaring azizam. Uch...uch... uch va bir...bir...
  Unga o‘n bir rubl berdim. U qo‘llari qaltirab pulni olib cho‘ntagiga soldi va "rahmat" dedi.
    Men asabiylashib xonada uyoqdan buyoqqa borib kela boshladim. Gʻazabim chiqdi:
- "Rahmat"?! Nega rahmat?
- Pul uchun.
- Jin ursin! Axir men seni taladim-ku! Tortib oldim-ku haqingni, o‘g‘irladim-ku! Sen nega rahmat deyapsan?!
U dedi:
- Boshqa joylarda menga hech narsa berishmagan.
- Hech narsa berishmagan?! Sen indamaganmisan? Men sen bilan hazillashdim. Senga qattiq dars berdim. Senga hamma pulingni beraman. Mana bu konvertda turibdi. Ammo sen shu darajada  ham ojiz bo‘lasanmi?! Nima uchun hujjatlashmaysan? Nega sukut saqlaysan? Bu dunyoda tirnoqlaring o‘tkir bo‘lmasligi mumkinmi? Shu darajada go‘l bo‘lish mumkinmi?
  U ojizona tabassum qilib: "Mumkin", dedi.
Undan qattiq sabog‘im uchun kechirim so‘rab sakson rublni berdim. U xijolat bo‘lib "rahmat" , deb chiqib ketdi. Men uning ortidan qarab fikr qildim:
  "Bu dunyoda zaif bo‘lmoq qanchalar jirkanch!".

@e_kutubxona