Get Mystery Box with random crypto!

Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

Telegram kanalining logotibi dvlottery2023 — Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery G
Telegram kanalining logotibi dvlottery2023 — Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery
Kanal manzili: @dvlottery2023
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19
Kanalning ta’rifi

Green card
Green card va migratsiya haqida so'nggi yangiliklar!
Registratsiyada yordam
@uzbekgreencard

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-08-18 20:04:37 AQShda pandemiya paytida savdosi oshgan narsalardan biri bu qurol. Mart oyidan beri hozirgacha uch million amerikalik qurol sotib olibdi. Bu o'tgan yilga nisbatan ancha ko'p.

Kelajakning mavhumligi, iqtisodiy inqiroz odamlarda o'z jonini, mol-mulkini himoya qilish hissini oshirgani va natijada ko'proq amerikaliklar qurol sotib olishga qaror qilgani aytilmoqda.

Odamlar qurolni o'zini himoya qilish uchun sotib olishini aytadi. Ammo statistikaga ko'ra, sotib olingan qurollarning faqat 0,2 foizi himoya maqsadida ishlatilar ekan. Aksincha, xonadonga qurol kirib kelsa, uning shu oila a'zolaridan biriga qarshi ishlatilishi ehtimoli 300-400 foiz oshar ekan.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard
89 views001, 17:04
Ochish/sharhlash
2020-08-17 23:54:03 Bugun AQShda Demokratik partiyaning 4 kunlik qurultoyi ish boshladi. Har to'rt yilda prezidentlik saylovi arafasida o'tkaziladigan bu tadbir partiyaning eng yirik siyosiy anjumani bo'lib, u, odatda, minglab partiya a'zolari va siyosatdagi kazo-kazolar ishtirokida juda dabdabali tarzda o'tkaziladi.

Bu yilgi anjuman pandemiya davriga to'g'ri kelgani uchun onlayn tarzda o'tkazilmoqda. Qurultoyning asosiy maqsadi - Jo Baydenni AQSh prezidentligi uchun rasman demokratlar nomzodi deb e'lon qilish. Virtual anjumanda to'rt kun davomida ko'plab siyosiy arboblar, sobiq prezidentlar chiqish qiladi; hatto respublikachilarning ba'zi ko'zga ko'ringan siyosatchilari ham Trampga qarshi chiqish qilishi kutilyapti.

Respublikachilarning qurultoyi 24-27-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Unda amaldagi prezident Donald Tramp qayta saylanish uchun ikkinchi bor nomzod qilib ko'rsatiladi.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard
79 views001, 20:54
Ochish/sharhlash
2020-08-14 22:03:10 ​​5-o'rin. Minnesota

#Xususiyatlar

Minnesota yetakchi kon-ishlab chiqarish korporatsiyasining bosh qarorgohi joylashgan sanoat shtati. Minnesota mamlakatdagi eng yirik temir rudasi viloyati. Viloyat ko'llar va ko'p miqdordagi zaxiralar bilan mashhur. Turizm davlatning muhim sohalaridan biridir. Do'konni sevuvchilarni dunyodagi eng yirik savdo markazlaridan biri bo'lgan Mall of America qiziqtiradi. U shtat poytaxti yaqinida, Bloomington atrofida joylashgan.

#Turarjoy

Rossiyaliklar orasida eng ko'p talab Minnesota shtatidagi kondominiyalarda joylashgan turar-joy ko'chmas mulkiga tegishlidir. Condo kvartiralari ijaraga olish va qo'shimcha daromad olish uchun tezda sotiladi. Uy-joy narxi oyiga 800 dollarga tushishi mumkin.

#ish

Shtat eng kuchli mehnat bozorlaridan biriga ega, ishsizlik darajasi past. Biotexnologiya kompaniyalari va tibbiyot yaxshi rivojlangan, Shtatdagi kompaniyalar muqobil, toza energiya manbalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo'yicha yetakchi hisoblanadi.
Bir kishining #o'rtacha yillik daromadi $62.876. 7-avgust 2020-yil holati bo'yicha (www.ziprecruiter.com).


@Uzbekgreencard
77 views001, 19:03
Ochish/sharhlash
2020-08-05 14:11:38 AQSh Prezidenti Donald Tramp davlat idoralariga chet elliklarni ishga olmaslik haqida farmon chiqardi. Agentliklar xorijlik xodim amerikaliklarning o'rnini egallamayotganini, ya'ni bu ishga amerikalik mutaxassis topilmaganini isbotlagan taqdirdagina chet ellikning ishga olinishiga ruxsat beriladi.

AQShning Global Media agentligi tarkibiga kiradigan "Amerika Ovozi"da ham 100 ga yaqin xorijlik xodim "J-1" vizasi asosida ishlaydi. Yaqinda agentlikka Tramp tayinlagan nomzod kelishi bilan bu xodimlarning kelajagi mavhum bo'lib qoldi. Ularning vizasi yangilanmasligi va ishdan bo'shatilishi mumkinligi haqida xavotirlar bor.

Trampning yangi farmoni "grin karta"si bor yoki AQSh fuqaroligini qo'lga kiritgan chet elliklarga aloqador emas.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard
79 views001, 11:11
Ochish/sharhlash
2020-08-04 09:45:50 ​​AQShda yashaydigan har bir odam Craigslist.org degan saytni yaxshi taniydi. Ijaraga uy, ish topish kabi e'lonlar qo'yiladigan platforma. Shu sayt tashkil qilinganiga 25 yil to'libdi. Uni 1995-yilda Craig Newmark ismli dasturchi yaratgan.

90-yillar oxirida tashkil qilingan bu saytning o'ziga xosligi shundaki, uning dizayni deyarli o'zgarmagan. Soddaligi, dizaynining doim bir xilligi uning yutug'i, deydi ko'pchilik.

Sayt yaxshigina daromad topadi. Oddiy foydalanuvchilar uchun e'lon qo'yish va e'lonlardan foydalanish bepul. Ba'zi kategoriyalar yoki firmalar uchun ma'lum bir haq evaziga xizmat ko'rsatiladi.

Saytda umuman reklama yo'q, foydalanuvchilarga oid ma'lumotlar ham to'planmaydi.

Gazetalarning "Classified" (E'lonlar) bo'limlari va ko'plab shu yo'nalishdagi bizneslaring paydo bo'lib va bankrotga uchrab yo'qolib ketishida Craigslist.org saytining hissasi katta.

Manba: Behzod Mamadiev

@Uzbekgreencard
72 views001, 06:45
Ochish/sharhlash
2020-07-30 22:01:41 ​​@Uzbekgreencard
74 views001, 19:01
Ochish/sharhlash
2020-07-27 06:21:21 Mart oyining oxirida AQSh Kongressi koronavirusga qarshi kurash va iqtisodiyotni qutqarish maqsadida 2,2 trillion dollarlik yordam dasturi qabul qilgan edi. 3-4 oyni mo'ljallab qabul qilingan bu mablag'ning oxiri ko'rinib qoldi. Ammo koronavirus ortga chekinmadi, iqtisodiyot ham hali o'zini o'nglay olgani yo'q.

Shu munosabat bilan joriy hafta Kongress yangi yordam dasturini qabul qilishi kutilmoqda. Eng muhim masala - ishsizlarga har hafta berilayotgan $600 lik yordam pulini davom ettirish. Pandemiya tufayli ishini yo'qotganlarga berilayotgan ishsizlik nafaqasi iyul oxiriga borib to'xtaydi. Ular yordam olishni davom ettirishi uchun qo'shimcha mablag' ajratilishi kerak.

Shuningdek, amerikaliklarga berilgan bir martalik $1200 yordam pulini yana bir marta berish taklif qilinyapti. Yordam dasturidan maktablarni yangi o'quv yiliga tayyorlash, bizneslarga soliq imtiyozlari berish, kasalxonalarga qo'shimcha mablag' ajratish kabi choralar ham o'rin olgan.

Mablag' miqdori bo'yicha respublikachilar va demokratlar kelisha olmayapti. Respublikachilar bir trillion dollarlik dasturni ko'zlayapti. Demokratlar esa ko'proq mablag' ajratilishi tarafdori. Respublikachilarning o'zida ham hali yakdillik mavjud emas.

Bir hafta ichida tomonlar kelishib, yordam dasturini avgustgacha qabul qila olishi ehtimoli juda kam.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard
79 views404, 03:21
Ochish/sharhlash
2020-07-22 23:05:19 AQSh immigratsiya xizmati hisob-kitobda xato qilganmi yoki yolg'on gapiryaptimi? Senatorlar yo'llagan xatga qaramasdan avgustda 13 000 ortiq xodim ishdan vaqtinchalik chetlatiladimi?

Bir oy avval USCIS 2020-yil uchun byudjetda kamomad borligini iddao qilib, Kongressdan 1.2 milliard dollar miqdorda qo'shimcha mablag' so'ragan edi.

Mablag' ajratilmagan taqdirda avgustdan boshlab taxminan 13 400 immigratsiya xodimi (jami xodimlarning 67%) ishdan vaqtinchalik chetlatilishi mumkin.

Ammo kecha senatorlar yo'llagan xatda byudjetda kamomad yo'qligi, yil oxirigacha idora o'z faoliyatini bemalol davom ettirishi mumkinligi aytiladi.

Manba: MirakmalNiyazmatov

https://t.me/uzbekgreencard
67 views404, 20:05
Ochish/sharhlash
2020-07-22 09:13:53 Furlough: Immigratsiya xizmati yolg'on gapiryaptimi?

Bir oy avval AQSh Immigratsiya xizmati 2020-yil uchun byudjetda kamomad borligini iddao qilib, Kongress'dan 1.2 milliard dollar miqdorda qo'shimcha mablag' so'raganihaqida yozgan edim.

Mablag' ajratilmagan taqdirda avgustdan boshlab taxminan 13 400 immigratsiya xodimi (jami ishchilarning 67%) ishdan vaqtinchalik chetlatilishi aytilgan edi.

Seshanba kuni ikki senator Ichki Xavfsizlik Vazirligi (DHS) va Immigratsiya xizmatiga (USCIS) yuborgan xatda (xatga link Comments'da), byudjetda kamomad yo'qligi, yil oxirigacha idora o'z faoliyatini bemalol davom ettirishi mumkinligi, shundoq ham "Ishsizlik" jiddiy muammo bo'lib turgan davrda xodimlarni ishdan chetlatmaslikni iltimos qiladi.

Butun boshli davlat idorasi qanday qilib 570 millionlik kamomad chiqarganini tushunish qiyin. Senatorlar yozgan xatga javob berishda immigratsiya xizmati raqamlardagi tafovutga aniqlik kiritishi va xodimlarni ishdan chetlasmasligini umid qilaman. Aks holda xodimlarning 67% kamayishi bilan immigratsiya jarayonida misli ko'rilmagan kechikishlar kelib chiqadi.

https://www.aila.org/advo-media/whats-happening-in-congress/congressional-updates/senators-letter-dhs-save-uscis-employees

Manba: MirakmalNiyazmatov

https://t.me/uzbekgreencard
64 views404, 06:13
Ochish/sharhlash
2020-07-15 00:24:13 Ta'lim to'liq onlayn bo'ladigan AQSh universitetlariga xorijlik talabalarning kelishini taqiqlovchi yoki allaqachon AQShda bo'lgan xalqaro talabalardan mamlakatni tark etishni talab qiluvchi qaror bekor qilindi.

Garvard universiteti va Massachusets Texnologiya instituti birgalikda hukumat qarori ustidan sudga shikoyat qilgan va bu shikoyatni yana 200 dan ortiq universitet qo'llab-quvvatlagan.

Hukumat bu sud ishida ko'p ehtimol bilan yutqazishini bilgani uchun o'z qarorini qaytarib olgan.

Xalqaro talabalar endi AQShda avvalgidek qolib o'qishlarini davom ettirishlari yoki AQShga yana talaba sifatida kirishlari mumkin.

https://t.me/uzbekgreencard
59 views404, 21:24
Ochish/sharhlash