Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Prezidenti Donald Tramp davlat idoralariga chet elliklarn | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

AQSh Prezidenti Donald Tramp davlat idoralariga chet elliklarni ishga olmaslik haqida farmon chiqardi. Agentliklar xorijlik xodim amerikaliklarning o'rnini egallamayotganini, ya'ni bu ishga amerikalik mutaxassis topilmaganini isbotlagan taqdirdagina chet ellikning ishga olinishiga ruxsat beriladi.

AQShning Global Media agentligi tarkibiga kiradigan "Amerika Ovozi"da ham 100 ga yaqin xorijlik xodim "J-1" vizasi asosida ishlaydi. Yaqinda agentlikka Tramp tayinlagan nomzod kelishi bilan bu xodimlarning kelajagi mavhum bo'lib qoldi. Ularning vizasi yangilanmasligi va ishdan bo'shatilishi mumkinligi haqida xavotirlar bor.

Trampning yangi farmoni "grin karta"si bor yoki AQSh fuqaroligini qo'lga kiritgan chet elliklarga aloqador emas.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard