Get Mystery Box with random crypto!

Furlough: Immigratsiya xizmati yolg'on gapiryaptimi? Bir oy a | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

Furlough: Immigratsiya xizmati yolg'on gapiryaptimi?

Bir oy avval AQSh Immigratsiya xizmati 2020-yil uchun byudjetda kamomad borligini iddao qilib, Kongress'dan 1.2 milliard dollar miqdorda qo'shimcha mablag' so'raganihaqida yozgan edim.

Mablag' ajratilmagan taqdirda avgustdan boshlab taxminan 13 400 immigratsiya xodimi (jami ishchilarning 67%) ishdan vaqtinchalik chetlatilishi aytilgan edi.

Seshanba kuni ikki senator Ichki Xavfsizlik Vazirligi (DHS) va Immigratsiya xizmatiga (USCIS) yuborgan xatda (xatga link Comments'da), byudjetda kamomad yo'qligi, yil oxirigacha idora o'z faoliyatini bemalol davom ettirishi mumkinligi, shundoq ham "Ishsizlik" jiddiy muammo bo'lib turgan davrda xodimlarni ishdan chetlatmaslikni iltimos qiladi.

Butun boshli davlat idorasi qanday qilib 570 millionlik kamomad chiqarganini tushunish qiyin. Senatorlar yozgan xatga javob berishda immigratsiya xizmati raqamlardagi tafovutga aniqlik kiritishi va xodimlarni ishdan chetlasmasligini umid qilaman. Aks holda xodimlarning 67% kamayishi bilan immigratsiya jarayonida misli ko'rilmagan kechikishlar kelib chiqadi.

https://www.aila.org/advo-media/whats-happening-in-congress/congressional-updates/senators-letter-dhs-save-uscis-employees

Manba: MirakmalNiyazmatov

https://t.me/uzbekgreencard