Get Mystery Box with random crypto!

Bugun AQShda Demokratik partiyaning 4 kunlik qurultoyi ish bos | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

Bugun AQShda Demokratik partiyaning 4 kunlik qurultoyi ish boshladi. Har to'rt yilda prezidentlik saylovi arafasida o'tkaziladigan bu tadbir partiyaning eng yirik siyosiy anjumani bo'lib, u, odatda, minglab partiya a'zolari va siyosatdagi kazo-kazolar ishtirokida juda dabdabali tarzda o'tkaziladi.

Bu yilgi anjuman pandemiya davriga to'g'ri kelgani uchun onlayn tarzda o'tkazilmoqda. Qurultoyning asosiy maqsadi - Jo Baydenni AQSh prezidentligi uchun rasman demokratlar nomzodi deb e'lon qilish. Virtual anjumanda to'rt kun davomida ko'plab siyosiy arboblar, sobiq prezidentlar chiqish qiladi; hatto respublikachilarning ba'zi ko'zga ko'ringan siyosatchilari ham Trampga qarshi chiqish qilishi kutilyapti.

Respublikachilarning qurultoyi 24-27-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Unda amaldagi prezident Donald Tramp qayta saylanish uchun ikkinchi bor nomzod qilib ko'rsatiladi.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard