Get Mystery Box with random crypto!

Mart oyining oxirida AQSh Kongressi koronavirusga qarshi kuras | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

Mart oyining oxirida AQSh Kongressi koronavirusga qarshi kurash va iqtisodiyotni qutqarish maqsadida 2,2 trillion dollarlik yordam dasturi qabul qilgan edi. 3-4 oyni mo'ljallab qabul qilingan bu mablag'ning oxiri ko'rinib qoldi. Ammo koronavirus ortga chekinmadi, iqtisodiyot ham hali o'zini o'nglay olgani yo'q.

Shu munosabat bilan joriy hafta Kongress yangi yordam dasturini qabul qilishi kutilmoqda. Eng muhim masala - ishsizlarga har hafta berilayotgan $600 lik yordam pulini davom ettirish. Pandemiya tufayli ishini yo'qotganlarga berilayotgan ishsizlik nafaqasi iyul oxiriga borib to'xtaydi. Ular yordam olishni davom ettirishi uchun qo'shimcha mablag' ajratilishi kerak.

Shuningdek, amerikaliklarga berilgan bir martalik $1200 yordam pulini yana bir marta berish taklif qilinyapti. Yordam dasturidan maktablarni yangi o'quv yiliga tayyorlash, bizneslarga soliq imtiyozlari berish, kasalxonalarga qo'shimcha mablag' ajratish kabi choralar ham o'rin olgan.

Mablag' miqdori bo'yicha respublikachilar va demokratlar kelisha olmayapti. Respublikachilar bir trillion dollarlik dasturni ko'zlayapti. Demokratlar esa ko'proq mablag' ajratilishi tarafdori. Respublikachilarning o'zida ham hali yakdillik mavjud emas.

Bir hafta ichida tomonlar kelishib, yordam dasturini avgustgacha qabul qila olishi ehtimoli juda kam.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard