Get Mystery Box with random crypto!

AQShda pandemiya paytida savdosi oshgan narsalardan biri bu qu | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

AQShda pandemiya paytida savdosi oshgan narsalardan biri bu qurol. Mart oyidan beri hozirgacha uch million amerikalik qurol sotib olibdi. Bu o'tgan yilga nisbatan ancha ko'p.

Kelajakning mavhumligi, iqtisodiy inqiroz odamlarda o'z jonini, mol-mulkini himoya qilish hissini oshirgani va natijada ko'proq amerikaliklar qurol sotib olishga qaror qilgani aytilmoqda.

Odamlar qurolni o'zini himoya qilish uchun sotib olishini aytadi. Ammo statistikaga ko'ra, sotib olingan qurollarning faqat 0,2 foizi himoya maqsadida ishlatilar ekan. Aksincha, xonadonga qurol kirib kelsa, uning shu oila a'zolaridan biriga qarshi ishlatilishi ehtimoli 300-400 foiz oshar ekan.

Manba: Behzod Mamadiev

https://t.me/uzbekgreencard