Get Mystery Box with random crypto!

​​AQShda yashaydigan har bir odam Craigslist.org degan saytni | Green Card | Amerikada ishlash | dvlottery

​​AQShda yashaydigan har bir odam Craigslist.org degan saytni yaxshi taniydi. Ijaraga uy, ish topish kabi e'lonlar qo'yiladigan platforma. Shu sayt tashkil qilinganiga 25 yil to'libdi. Uni 1995-yilda Craig Newmark ismli dasturchi yaratgan.

90-yillar oxirida tashkil qilingan bu saytning o'ziga xosligi shundaki, uning dizayni deyarli o'zgarmagan. Soddaligi, dizaynining doim bir xilligi uning yutug'i, deydi ko'pchilik.

Sayt yaxshigina daromad topadi. Oddiy foydalanuvchilar uchun e'lon qo'yish va e'lonlardan foydalanish bepul. Ba'zi kategoriyalar yoki firmalar uchun ma'lum bir haq evaziga xizmat ko'rsatiladi.

Saytda umuman reklama yo'q, foydalanuvchilarga oid ma'lumotlar ham to'planmaydi.

Gazetalarning "Classified" (E'lonlar) bo'limlari va ko'plab shu yo'nalishdagi bizneslaring paydo bo'lib va bankrotga uchrab yo'qolib ketishida Craigslist.org saytining hissasi katta.

Manba: Behzod Mamadiev

@Uzbekgreencard