Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_uz_davlat_test — Davlat test markazi
Kanal manzili: @dtmuzb_uz_davlat_test
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.46K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Reklama uchun: @Dtmuzadmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2023-05-08 17:33:01 ​​ Rasman! Bu yilgi kirish imtihonlari uchun testlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Barcha uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) 10 ta;
Matematika 10 ta;
Oʻzbekiston tarixi 10 ta.

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:

-fan 30 ta savol (har biri 3.1 balldan 93 ball);
-fan 30 ta savol (har biri 2.1 balldan 63 ball).

60 ta savol jami 156 ball.

2023/2024 oʻquv yilida abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta test beriladi. Bunda maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
23.6K views14:33
Ochish/sharhlash
2023-05-08 17:02:00
OTMga kirishga tayyorgarlik koʻryapsizmi? PROTestim — kirish imtihonlariga tayyorgarlik uchun samarali ilova.

Umumtaʼlim fanlaridan tarix fanidan tortib matematikagacha barcha turdagi testlarni topshiring va oʻz bilimingizga ishonch hosil qiling! Sinovlardan oʻtish va natijalaringiz haqida batafsil statistik maʼlumotlarni oling.

Har bir yangi foydalanuvchi o‘z balansiga 15 000 so‘m bonus oladi.

PROTestimʼni hozir yuklab oling va imtihonlaringizga stressiz va qoʻrqmasdan tayyorlanishni boshlang!

Telegram kanalimizga obuna boʻling va yangiliklarni kuzatib boring!

Instagram | Telegram | Ilova | Veb-sayt
22.6K views14:02
Ochish/sharhlash
2023-05-06 10:01:13
#Diqqat
OTM larning bakalavriatga kirish uchun testlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Barcha uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) 10 ta;
Matematika 10 ta;
Oʻzbekiston tarixi 10 ta.

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:

-fan 30 ta savol (har biri 3.1 balldan 93 ball);
-fan 30 ta savol (har biri 2.1 balldan 63 ball).

60 ta savol jami 156 ball.

2023/2024 oʻquv yilida abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta test beriladi. Bunda maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

Talabalarga yetkazib qoʻying

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
27.7K views07:01
Ochish/sharhlash
2023-04-27 09:30:46
Rasman: Shu yildan oʻqishga kirishda maktab bahosi hisobga olinadi

Ammo oldingi yillarda maktabni bitirib ketganlarga esa ball qoʻshilamasligi mumkin. Chunki Nizomda bu xaqda maʼlumot keltirilmagan.

Joriy yilgi qabuldan boshlab maktab va oʻrta maxsus muassasalar bitiruvchilarining oxirgi 6 yillik baholari kirish imtihonlarida hisobga olina boshlaydi. “5” ga oʻqigan oʻquvchiga kirish imtihonida toʻplagan balliga 5 ball, “3” ga oʻqigan bitiruvchiga esa 3 ball qoʻshiladi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda davlat maktablarini 390.000 nafardan ortiq oʻquvchilar bitirishadi. Xususiy maktablarni va oldingi yilgi yiqilgan abituriyentlarni xisoblaganda taxminan 800.000 abituriyent oliy taʼlim muassasalariga xujjat topshirishi kutilmoqda.

Bu juda katta raqam!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
23.9K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-04-02 14:18:32 #Diqqat #Tarqating
Respublikamizdagi, 9-sinf bitiruvchilari uchun Rus tilidan barcha fanlardan imtihon biletlari

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
1.8K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-03-30 17:52:23Talabalarni qiziqtirayotgan 2 ta savol bo‘yicha ma’lumot:

Stipendiyalar oshdimi?

Yo’q. Xabaringiz bor, Prezident farmoni bilan faqat byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar 7%ga oshyapti.

Talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan.

Kontraktlar ham oshadimi?

Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni aslida qoidasi bo’yicha mehnatga haq to’lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi.

Lekin bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to’lash miqdori bir necha bor oshgan bo’lsa-da, lekin kontraktlar oshirilmadi.

Yana ham bu bo’yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq.

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
7.7K views14:52
Ochish/sharhlash
2023-03-30 16:31:00
Pisa Universitetida 2023-2024 o'quv yili uchun qabul boshlandi!

Bakalavr uchun fakultetlar
Umumiy Geologiya
Ekologiya


Nega aynan Pisa universitetni tanlashingiz kerak?

Pisa Universiteti dunyoning top 400 universiteti ro’yhatiga kiradi;
Talabalar MDHning yetakchi kompaniyalarida amaliyot o’tash imkoniyatiga ega;
O'qishni Italiyada davom ettirish mumkin;
Bitiruvchilar Italiya va O'zbekiston diplomini qo’lga kiritishadi;
Xalqaro kompaniyalar tomonidan moliyaviy yordam olish imkoniyati mavjud;

Ariza topshirish

+998977594400

Telegram | Instagram
7.1K views13:31
Ochish/sharhlash
2023-03-27 10:21:40 #MatbuotAnjumani #Live
Test sinovlarini yil davomida o‘tkazish uchun katta sig‘imli binolar qurilishi

2022-yilda Buxoro viloyatida test sinovlarini yil davomida o‘tkazishga mo‘ljallangan 1 200 o‘rinli bino qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Hozirda quyidagi hududlarda qurilish ishlari davom etmoqda:

Namangan viloyati — 93 foiz (bajarilgan);
Xorazm viloyati — 90 foiz;
Samarqand viloyati — 84 foiz;
Sirdaryo viloyati — 63 foiz;
Andijon viloyati — 60 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 60 foiz;
Surxondaryo viloyati — 37 foiz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
23.4K viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-27 10:21:39 #MatbuotAnjumani #Live
Test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertizadan o‘tkazish

2022-yilda Bilimni baholash agentligi tomonidan test sinovlari uchun:

12 ta umumta’lim fanidan 42 mingdan ortiq;

54 ta maxsus fandan 37 mingga yaqin test topshirig‘i shakllantirilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan.

Bundan tashqari

milliy sertifikat imtihonlari uchun 7 ta umumta’lim fanidan 1,5 mingdan ziyod;

fan olimpiadasining respublika bosqichi uchun 16 ta umumta’lim fanidan 1,4 mingdan ziyod test topshirig‘i shakllantirilib, ekspertizadan o‘tkazilgan.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
23.4K viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-27 10:21:39 #MatbuotAnjumani #Live
2022-yil davomida agentlik tomonidan 52 turdagi test sinovlari tashkil etilib, unda 2 mln. nafardan ortiq talabgorning bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Jumladan:

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 21 ming nafardan ziyod;

Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari – 1,1 ming nafardan ziyod;

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari – 63 ming nafardan ziyod;

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari – 11 ming nafardan ziyod;

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish test sinovlari – 269 ming nafardan ziyod;

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari – 1 mln. 146 ming nafardan ziyod;

Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylarga kirish test sinovlari – 23 ming nafardan ziyod;

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari – 80 ming nafardan ziyod;

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylariga kirish test sinovlari – 11 ming nafardan ziyod;

Professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kirish test sinovlari – 172 ming nafardan ziyod;

Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari – 22 ming nafardan ziyod;

Boshqa imtihonlar – 230 ming nafardan ziyod.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
23.2K views07:21
Ochish/sharhlash