Get Mystery Box with random crypto!

Isroil Tillaboyev blogi

Telegram kanalining logotibi domlajon — Isroil Tillaboyev blogi I
Kanaldagi mavzular:
Iqtidorly
Мулоҳаза
Telegram kanalining logotibi domlajon — Isroil Tillaboyev blogi
Kanaldagi mavzular:
Iqtidorly
Мулоҳаза
Kanal manzili: @domlajon
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.77K
Kanalning ta’rifi

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали
Гуруҳга марҳамат: @domlajon1
Реклама учун: @isroilbey
https://t.me/boost/domlajon
https://t.me/ WUqwChJg0-U5y_0S

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 19

2023-04-06 12:00:17
Qozog‘istonning ayrim maktablaridagi tajribani qo‘llab ko‘ramizmi? Nima dedingizlar?

https://t.me/domlajon
@domlajon
16.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2023-04-06 07:59:01
Хитойнинг мужизалари давом этмоқда.

Пишириш жараёнларини автоматлаштириш аллақачон бошланган. Албатта, бу қурилмаларни робот деб аташ мумкин эмас, лекин оддий механик вазифалар мукаммал тарзда бажарилмоқда.

Азамат Акбар

https://t.me/domlajon
@domlajon
11.0K views04:59
Ochish/sharhlash
2023-04-05 20:07:35
O‘zbek tilida 1-bo‘lib dastur yozgan ayol mutaxassis

Telefonlarda abonent bandligini aytuvchi mashxur ovoz sohibasi hamda ilk bora o‘zbek tilida dastur yozgan ayol mutaxassis Toshkent shahrilik informatika fani o‘qituvchisi SHomirova Nigora haqida bilasizmi?

https://t.me/domlajon
@domlajon
1.8K views17:07
Ochish/sharhlash
2023-04-05 20:05:58 Ushbu kanal orqali WikiOromgoh haqida batafsil bilishingiz va yoshlarimiz bu tanlovda qatnashib bir hafta davomida WikiOromgohda 200 dan ziyod yoshlar qatori bepul qatnashishlari mumkin. Wikipediyaning o‘zbek segmentini to‘ldirishda qiziquvchi barchani jalb qilishlaringiz mumkin.
1.8K viewsedited  17:05
Ochish/sharhlash
2023-04-05 19:41:45
WikiOromgoh”ning bahorgi mavsumida qatnashishga tayyormisiz?

Unda 14—20-aprel kunlari sizni Oromgohga chorlaymiz.

Ishtirok etish shartlari ikki karra oson! Ilk bor qatnashayotganlar 1 ta, o‘tgan mavsumlar ishtirokchilari esa 4 ta sifatli maqola yaratish orqali Oromgohga yo‘l olishi mumkin!

Maqola kiritish va roʻyxatdan oʻtish muddati: 8-aprel 23:59 gacha! Shoshiling!

Aytgancha, roʻzadorlarimiz uchun barcha sharoitlar tayyorlangan

Bahorda uyg‘onayotgan tog‘lar nafasi, yangi do‘stlar orttirish imkoni, va albatta, Vikipediyani mutaxassislar ko‘magida o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Ro‘yxatdan o‘tish

#TilimizUchun
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2.3K views16:41
Ochish/sharhlash
2023-04-05 16:22:17
Mana shunday "tashabbuskor" direktorlar open budgetniyam, undan boshqa tashabbus chiqsa ham o‘shani ham rasvosini chiqaradi, umuman har qanday tashabbusni majburlashlar bilan qo‘l ostidagi xodimlarini quldek qarab amalga oshiradi. Bundaylar bilan ta'limniyam, maktab moddiy texnik bazasiniyam rivojlantirolmaymiz, faqat quldorlikni yaxshi rivojlantirish mumkin.

SHuncha o‘qituvchi jim o‘tirishini qaranglar, bor ishingni qil, deb uyusholmaydi hech ham bunday jamoa, stolga bir ursa 100 talab ovoz yig‘ib ketaverishadi, yo‘q deyisholmasligi shu ikkitagina videodan isbot. Harxolda bittasiga rahmat, videoga olishga jur'at topibdi!

Qaytarib aytaman, men openbudgetni yoqlab kelganman, lekin mana bunday direktorlar qatnashmay qo‘yaqolgani ma'qul butun jamoasi bilan birga.
Hammaga sharmanda qilishni keragi yo‘q tizimni bunday yo‘l bilan.

Video qaysi viloyatda olinganini bilmayman, muhimi u mavjud.

https://t.me/domlajon
@domlajon
7.2K views13:22
Ochish/sharhlash
2023-04-05 11:48:23
Hindistonlik hokim yangi qurilgan asfaltni qurgan yo‘l quruvchilarga asfaltning sifatini ko‘rsatmoqda.

Xo‘roz hamma yerda bir xil qichqirarkanda))

Shunday paytda openbyudjet tomonidan qurilgan mahallalar bo‘lgani ham yaxshi shekilli, chunki ilgari befarq bo‘lgan fuqarolar qiyinchilik bilan yutgan mahallasining asfaltini yo‘l quruvchilarning tepasida turib olib, sifatini nazorat qilib tinch qo‘ymayotganini ko‘ryapmiz, jamoatchilk nazorati qanchalar kuchli bo‘lsa mana bunday hokimlargayam ishi yengillar edi.

https://t.me/domlajon
@domlajon
8.2K viewsedited  08:48
Ochish/sharhlash
2023-04-05 11:40:30
Toshkentda chet el mutaxassislari onlayn dars o‘tadigan Innivatsion yoshlar markazi ochilibdi.

Kecha ushbu ochilish marosimiga atalgan konferensiya bo‘lib o‘tibdi.  Tashkilotchilar fikriga ko‘ra agar xalqaro grantlarni qo‘lga kiritishsa energetika, sun'iy intellekt, va robototexnikadan yoshlarimizga  bepul darslar o‘tilar ekan.

Meni xursand qilgani, O‘zbekistonda rivojlantirish maqsad qilingan STEM ta'limi bo‘yicha pedagoglarni ham o‘qitishni ushbu innovatsion yoshlar markazi rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan ekan.

Ochilish marosimida jahonning nufuzli kishilari qatnashgani bu loyiha naqadar katta loyihaligini bildirib turibdi. Masalan tadbirda 2017-2019-yillarda AQShning sobiq energetika vaziri,Texas shtatining 47-gubernatori;
AQSh Tashqi ishlar xizmatidagi eng yuqori martaba, shaxsiy martaba elchisi darajasiga ega, Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha yordamchisi (2016-2018), Prinston universitetida Diplomatiya tarixi va amaliyoti dasturining hamraisi bo'lib ishlagan. Prinston universiteti professori;
AQShning Massachusets texnologiya institutining FabLab bo‘yicha mintaqaviy direktori,
IAC direktori, Indiana universiteti-Purdue;
SAGTA muhandislik kompaniyasi bosh direktori, Shanxay, Xitoy;
Fransiyadagi raqamli san’at ilk boshlovchisi – Fransiya.
Shveysariyaning Institut le Rosey maktabining sherik egasi kabi nufuzli kishilar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri va boshqa yuqori lavozimli kishilar o‘z chiqishlari bilan qatnashibdi.

Kuzatib boramiz, yangi markazga omad tilaymiz

@domlajon
6.3K views08:40
Ochish/sharhlash
2023-04-05 09:53:18 Фарзандларга, айниқса, қизларга яхшироқ таълим берайлик. Ўқиган, ўз қадр-қийматини, жамиятдаги ўз ўрнини ва «нархи»ни билган аёл кучлироқ бўлади. Унда ўзига ишонч бўлади, бундай аёллар жамиятда кучли эркакларнинг кўпайишига ҳам сабабчи бўлади.

Оилада ҳеч бўлмаганда бир киши ақллироқ, фаросатлироқ бўлиши керак. Иккала томонда ҳам бу нарса етишмаса, унда Аллоҳ сақласин...
Аллоҳ билгувчи.

Ҳозир аёлларга кучли ижтимоий ҳимоя, ёрдамчи марказлар (шелтерлар) жуда ҳам керак. Жамиятимизда эса «Қизимни тезроқ ва ёғлироқ жойга эрга беришим керак», эмас, «қизимга яхши таълим бераман, кучли инсон қилиб тарбиялайман», деган мақсад устувор бўлиши лозим, менимча.

Аёл киши фақат фарзанд туғиб, уйда овқат пишириб, болаларга ва «кир-чир»га қарайдиган мошина эмас.. Ҳеч нарсанинг аниқ тафсилотини билмай, юзаки айта оладиган гапим:

Кимлардир учун аёл аҳмоқ саналар бу вазиятда шубҳасиз, лекин айрим эркакларда ҳам аёлидан ортиқ ақл фаросатни сезмадим.

П.С. Дунёдаги ҳеч бир иш ўзи ва ўзгалар жонига қасд қилишга сабаб бўлолмайди.
Умид Шермуҳаммедов

https://t.me/domlajon
@domlajon
9.2K views06:53
Ochish/sharhlash
2023-04-05 02:40:15
Maktabdan qochib, komputer oʻyinlariga yoki boshqa behuda ishlarga yugurib ketayotgan bolalarni kelajagi nima boʻladi?

Ajoyib video boʻlibdi

https://t.me/domlajon
@domlajon
16.7K views23:40
Ochish/sharhlash