Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda chet el mutaxassislari onlayn dars o‘tadigan Inniva | Isroil Tillaboyev blogi

Toshkentda chet el mutaxassislari onlayn dars o‘tadigan Innivatsion yoshlar markazi ochilibdi.

Kecha ushbu ochilish marosimiga atalgan konferensiya bo‘lib o‘tibdi.  Tashkilotchilar fikriga ko‘ra agar xalqaro grantlarni qo‘lga kiritishsa energetika, sun'iy intellekt, va robototexnikadan yoshlarimizga  bepul darslar o‘tilar ekan.

Meni xursand qilgani, O‘zbekistonda rivojlantirish maqsad qilingan STEM ta'limi bo‘yicha pedagoglarni ham o‘qitishni ushbu innovatsion yoshlar markazi rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan ekan.

Ochilish marosimida jahonning nufuzli kishilari qatnashgani bu loyiha naqadar katta loyihaligini bildirib turibdi. Masalan tadbirda 2017-2019-yillarda AQShning sobiq energetika vaziri,Texas shtatining 47-gubernatori;
AQSh Tashqi ishlar xizmatidagi eng yuqori martaba, shaxsiy martaba elchisi darajasiga ega, Davlat kotibining siyosiy masalalar bo'yicha yordamchisi (2016-2018), Prinston universitetida Diplomatiya tarixi va amaliyoti dasturining hamraisi bo'lib ishlagan. Prinston universiteti professori;
AQShning Massachusets texnologiya institutining FabLab bo‘yicha mintaqaviy direktori,
IAC direktori, Indiana universiteti-Purdue;
SAGTA muhandislik kompaniyasi bosh direktori, Shanxay, Xitoy;
Fransiyadagi raqamli san’at ilk boshlovchisi – Fransiya.
Shveysariyaning Institut le Rosey maktabining sherik egasi kabi nufuzli kishilar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri va boshqa yuqori lavozimli kishilar o‘z chiqishlari bilan qatnashibdi.

Kuzatib boramiz, yangi markazga omad tilaymiz

@domlajon