Get Mystery Box with random crypto!

Tamaki sog‘liqqa ziyon, uni noqonuniy olib kirish ikki karra | Isroil Tillaboyev blogi

Tamaki sog‘liqqa ziyon, uni noqonuniy olib kirish ikki karra ziyon.

Oʻzbekistonning bir nechta tumanlarida yana noqonuniy tamaki mahsulotini musodara qilish oʻtkazildi.
Ikki kun ichida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida va Namangan viloyatining Pop tumanida chet elda ishlab chiqarilgan 2 215 quti tamaki mahsuloti olib qoʻyildi.

Reydlarni Bosh Prokuratura vakillari IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazdilar.

Ushbu mahsulot gumonlanuvchilarning turar joyi va ofisida boʻlgan. Agar huquqni muhofaza etuvchi organlar qonunbuzarlarni qoʻlga olmaganlarida, kontrabanda mamlakat bozorlariga chiqib ketgan boʻlardi.

Biroq, qoʻlga olishlar haqida xabardor boʻlamiz-u uyogʻiga nima boʻladi – taxmin qilishgagina toʻgʻri keladi. Qonunga koʻra, huquqbuzarlar javobgarlikka tortilib, mahsulot yoʻq qilinishi kerak. Ammo qoʻlga olish va amaliy yechimlar orasida haddan ziyod koʻp vaqt oʻtadi. Bu vaqtni qisqartirish va kelgusi choralar shaffofligini taʼminlash zarur. Albatta qoʻlga olinganlar qancha muddat olganligi, shuningdek qancha miqdorda musodara mollari yoʻq qilingani OAVda eʼlon qilinishi lozim.

@domlajon
t.me/domlajon