Get Mystery Box with random crypto!

Aqlli yoshlarni to‘plagan IQtidorly loyihasida STEM yo‘nalishi | Isroil Tillaboyev blogi

Aqlli yoshlarni to‘plagan IQtidorly loyihasida STEM yo‘nalishida eng bilimdonlarni jamlagandik. Ulardan ba'zilari o‘z tengdoshlariga foydali kontentlar ulashar ekan, ushbu sahifalarini boshqa tengdoshlariga ham ulashib, barcha yoshga manfaatli bo‘lishi uchun ularni yig‘ishga qaror qildim.

Sizlar orqali ushbu sahifalarni yoshlarga yuborsak, bu yoshlarning tajribalaridan boshqa tengdoshlarini bahramand qilgan, bilim ulashgan, hech yo‘q motivatsiya bergan bo‘lar edik.

Shaxsiy sahifalar o‘z nomi bilan shaxsiy sahifa, bu yoshlar ham hozirgi davr yoshlaridek erkin fikrli, o‘z kechinmalarini ulashishga, yutuqlarini bo‘lishishga, muvaffaqiyatli yo‘lini yoritishga ochganlar, shu uchun jiddiy talab qo‘ymaysizlar. Muhimi bu kanal egalari bekor yurmaydigan, yengi-yelpi kontent qilmaydigan, 18-20 yoshdayoq bilimi bilan nimagadir erishib bo‘lgan, boshqalarga na'muna bo‘ladigan yoshlarimizdir!

O‘ylaymanki, bunday bilimli yoshlarimizni sizlar ham qo‘llab-quvvatlab, kanallarini boshqalarga ham tavsiya qilasizlar ustoz sifatida.

IQTIDORLY - STEM faniga qiziquvchi Respublikadagi hamma yoshlarni jamlagan Yoshlar ishlari agentligining loyihasi.

@EduGrandsUz – O'zbekiston va Xalqaro darajadagi tanlov va grantlar loyihasi.

Sevinch Ollayorovaning kanali – Amerikada ayollar psixo-biologiya sohasida o‘qiyotgan "Zulfiya"chi qizning blogi.

Rasulov Jamshidbek kanali —
SAT 1560 (English 770 / Math 790) IELTS 7.5 Part of Soulshareuz SATashkent Unlockuz loyihalari a'zosi

Sabina Nabiyeva - Arizona talabasi Sabina kanali

@idealog_uz – Ayti sohasi, loyihalar izlanishlar mazmunidagi sahifa.

Анжанли блоги – super-muper aktivist, volontyorlikni, san'atni va she'riyatni sevadigan Zahroning kanali

Madina blogi – Qatar universiteti talabasi, Qozog‘istonlik o‘zbek qizi, IQtidorli loyihasi ishtirokchisi

Azizbek Abdirakhimov blogi – Slovakiyaning Milliy Grant Dasturi g’olibi va “Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi. Ko’plab xalqaro dasturlar qatnashchisi.

Bunyod Sattorov sahifasi – The University of Sydney talabasi va 'El-yurt Umidi' stipendiati.

Shahzoda Hakimova sahifasi – Kimyo bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘olibasi Shahzodaning kimyo va shaxsiy kanali.

Zilola Karimova blogi - Dunyoda 47-o'rinda turuvchi HKUST oliygohi talabasi va to'liq grant sohibasi, SAT'dan 1510 ballga ega Zilola.

@abrormusulmonov – long post yozadigan bratni kanali

@Elbek_Mamadiyorov – President tech award tanlovi 50 ming dollar yutuq sovrindori

Rayhona Jahongirova – shaxsiy va rivojlantiruvchi blog. Grantlar va bepul maslahatlar.

@Sevaras_bloggg – sportsmen, rassom qiz, estetika, grantlar, volontyorlik bo‘yicha kanal.

Khusenov_blog - Toshkent Tibbiyot akademiyasi 5-kurs talabasining Тошкент Тиббиёт shaxsiy rivojlanishga undovchi kanali.

Odina's blog – Is'hoqxon Ibrat ijod maktabining o'quvchisi. Sayohatlar, yutuqlar, she'rlardan namunalar.

Nilufar Avazova – IT yo'nalishi bo‘yicha ko‘plab tanlovlar va olimpiadalar g'olibasi. "Ziyolilar Top-100“ o‘quvchilaridan

Asila's world – Tabiatsevar qizning òziga xos olami

Nuraziz – Xalqaro matematika va informatika olimpiadalar g'olibi shaxsiy blogi

@Joresmian88 – Turli mavzularda dolzarb fikrlar, Biology bo'yicha bilim va ko'nikmalar

@gulnorakhon_s – jamiyatdagi ortiqcha stereotypeʼlarga qarshi birga kurashamiz va rivojlanamiz.

Salohiddin Abdufattoxovning sahifasi – Prezident maktabining eko aktivist, fotograf va ximik o'quvchisi.

Rahmatulloh blogi- Ta'lim, ish bo‘yicha

Anvar's channel - shaxsiy blog

Shoxruz Muxamadov sahifasi – Prezident maktabi o’quvchisi. 12ta Xalqaro Matematika Olimpiadalari g’olibi.

@HasanboyKarimjonov – turli mavzularda shaxsiy fikrlar va IT haqida maslahat/darslar

Sardor Khamdam blogi -
FLEX'24-25 finalisti
SAT (1510) Rahimov school o‘quvchilar presidenti

@raimovsblog - mathematician, ko'plab olimpiadalar g'olibi.

Temur Nurimov sahifasi - FLEX dasturi finalisti, "Ziyolilar Top-100 Students 2023", astronomiyaga oid musobaqalar va xakatonlar g'olibi

@SaydaliyevaS0809-Loyihalar boshqaruvi, xalqaro grandlar va liderlik

@domlajon
t.me/domlajon