Get Mystery Box with random crypto!

«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ish | O'zbekiston shifokorlari

«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan olingan bosh shifokor lavozimiga qaytishi mumkin

«Dok-1 Maks»dan bolalar o‘lgani haqida xabar bergani uchun ishdan bo‘shatilgan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov lavozimiga tiklanishi mumkin. SSVga ko‘ra, bu jarayon yuzasidan yuristlar ish olib bormoqda. Keyinroq yakuniy rasmiy ma’lumot taqdim etiladi.

Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, «Dok-1 Maks» siropini qabul qilib vafot etgan bolalar haqida birinchi bo‘lib xabar bergan professor Mamatqul Azizov ishdan bo‘shatilgan edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, markaz bosh shifokori lavozimiga qayta tiklanishi mumkin.

«Bu haqda gapirishga hali erta. Yuristlarimiz ishlayapti, xulosa qiladi, o‘rganadi va yakuniy rasmiy xabarni beramiz. Ish boshlangan, lekin yakunlanmagan. Bu biroz vaqt talab qiladi»

Manba: gazeta.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan