Get Mystery Box with random crypto!

2022 yilda umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vosital | O'zbekiston shifokorlari

2022 yilda umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalariga sertifikat berish rad etildi

Respublikamizdagi Farmasevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlariga bo‘lgan murojaatlar asosida 2022 yil davomida taqdim qilingan dori vositalari belgilangan tartibda sertfikatlashtirish uchun tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tahlillar natijasiga ko‘ra 24 ta davlatda jumladan, Avstriya, Argentina, Armaniston, Bangladesh, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Gollandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Rumыniya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Shveysariya davlati hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan 271 turdagi 3 382 502 shartli o‘ram, umumiy qiymati 90.57 mlrd so‘m bo‘lgan dori vositalari (to'liq ro'yxat) sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qo‘llash uchun yaroqsiz deb topildi hamda sertifikatlashtirilishi rad etilib, mazkur sifatsiz dori vositalarining muomalaga chiqarilishini oldi olindi.

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan