Get Mystery Box with random crypto!

Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak - Erkin Voh | O'zbekiston shifokorlari

Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak - Erkin Vohidov

Istasang toza ko‘ngilga qo‘nmasin toza g‘ubor,
Pok so‘zu pok ish va pok dil, pok xayol bo‘lmoq kerak.

Jismu jonimga desang, begona bo‘lsin xastalik,
Ishq zavqu dardi birlan xastahol bo‘lmoq kerak.

Qalbga istarsan shifo gar, bo‘l yomon so‘zdan yiroq,
Korvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak. 

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan