Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonga davolanish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolar | O'zbekiston shifokorlari

O‘zbekistonga davolanish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelgan?

Joriy yilning 10 oyida 60316 nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 10 oy davomida respublikaga davolanish maqsadida eng ko‘p fuqarolar Tojikistondan (30547 kishi) kelgan.

O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni:

- Tojikiston — 30547 kishi
- Qozog‘iston — 22692 kishi
- Qirg‘iziston — 5952 kishi
- Rossiya — 1001 kishi
- Turkiya — 34 kishi

Manba: qalampir.uz

Kanalimiz @Doctors_Uzbekistan