Get Mystery Box with random crypto!

Saudiya Arabistoni poytaxtida ikki kilometrlik osmono‘par bino | AI | DigiTech

Saudiya Arabistoni poytaxtida ikki kilometrlik osmono‘par bino qurishmoqchi. Loyihani Kaliforniyada aylana shaklidagi Apple Park'ni qurgan Britaniyaning Foster + Partners kompaniyasi amalga oshiradi.

Agar Ar-Riyod'dagi loyiha amalga oshirilsa, bino hozirgi rekordchi — Dubaydagi 828 metrlik Burj Xalifa hamda Jiddada qurilayotgan bir kilometr balandlikdagi Jeddah Tower minorasini ancha ortda qoldiradi.

Qurilish qachon boshlanib, qachon tugashini aytishmadi. Bino qurilish narxi taxminan 5 milliard dollarni tashkil qiladi.

DigiTech