Get Mystery Box with random crypto!

Dengiz ortidan

Telegram kanalining logotibi dengizortidan — Dengiz ortidan D
Telegram kanalining logotibi dengizortidan — Dengiz ortidan
Kanal manzili: @dengizortidan
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.86K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-05-08 07:41:48
Oʻzbek tilida kitob/jurnallar oʻqisangiz, qaysi alifboni afzal koʻrasiz?
Anonymous Poll
32%
Kirill
68%
Lotin
878 voters2.5K views04:41
Ochish/sharhlash
2022-05-06 09:47:42 O'zbekistonga kelganimdan beri (sal kam 2 oy ichida) dori-darmonning o'zi uchun 5.5 yil Koreyada yurgan davrimdan ko'ra ko'proq pul sarfladim, menimcha. Yo Koreyada odam kam kasal bo'lardi, yo O'zbekistonda ekologiya juda yomon, yo biz yashashni bilmayapmiz.…
3.4K views06:47
Ochish/sharhlash
2022-05-06 08:52:08 O'zbekistonga kelganimdan beri (sal kam 2 oy ichida) dori-darmonning o'zi uchun 5.5 yil Koreyada yurgan davrimdan ko'ra ko'proq pul sarfladim, menimcha. Yo Koreyada odam kam kasal bo'lardi, yo O'zbekistonda ekologiya juda yomon, yo biz yashashni bilmayapmiz.

@javharuz
2.5K views05:52
Ochish/sharhlash
2022-05-05 14:13:41 Asosan Oʻzbekistonda yashaydigan boʻlib, relokatsiya (hoo, men ham balki relokantdirman?) qilayotganimda “endi @dengizortidan’ni nima qilaman?”, deb oʻylagandim. “Agar Amerika Oʻzbekiston uchun dengiz ortida boʻlsa, demak, Oʻzbekiston ham oʻsha dengizning ortida, faqat narigi ortida”, degan falsafiy xaspoʻshlash bilan kanalning nomini oʻzgartirmadim.

Bugun @azamov_com kanalini ochdim. U shaxsiy blogim boʻladi. Obuna boʻling.

Bu kanalda esa Amerikani eslaganimda, u yerga yoki boshqa mamlakatlarga sayohat qilganimda yozaman. Trevl bloʻg, karoʻchi.

P.S. “Relokant” soʻzi haqida bir ogʻiz: gʻaroyibgina ikkiyuzlamachi dunyomizda yana “ekspat” degan soʻz ham bor. U yuqori malakali “migrant”larga nisbatan ishlatiladi. Amerikalik hamkorim esa meni “inpat” deydi, chunki AQShdan kelgan boʻlsam ham ildizim, pasportim shu yerniki.

@dengizortidan
2.7K viewsedited  11:13
Ochish/sharhlash
2022-05-01 09:34:07 Nodiraning oʻzi

Young Leaders Development Project’dagi (YLDP) yigit-qizlar toʻplangan Telegram majmuatimizga mana bu yangilikni ulashishibdi:





U havo ifloslanishini aniqlash uchun fazoga nanoyoʻldosh (yerning mitti sherigi) uchirayotgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston azamatlari — yosh olimalar haqida ekan.

Bunday qarasam, bosh qahramon— Nodiraning oʻzi.

Nodira Tillayeva — YLDP’imizda boplab qatnashgan faollarimizdan biri. U ijtimoiy tarmoqlarda oʻz ismini Nadira Sama deb yozib olgani va men yaponcha iltifot boʻlmish “sama” soʻzini bilmaganim uchun unga “Nodiraning oʻzi” deb murojaat qila boshlagandim. Ha, “Jasur oʻzbek oʻgʻloni” kabi.

Tagʻin oʻylamang, “Saidaziz nuqul odamlarga laqab qoʻygan ekan” deb. Мы это любя.)

Ochiq kosmosga apparatlar uchiradigan, dasturlar yaratadigan va aqlli yangi avlodni tarbiyalaydigan ayollar nodira emas, muhayyo boʻlishini xohlardim.

Ilm maydonida Nodiraning o'zi qolib ketmasin.

@dengizortidan
3.0K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-04-29 13:12:51
Troll.uz loyihasi asoschisi Umid Gafurov o'zining TANISH BILISH agentligiga SMM professional ishga olmoqchi. Oylik 500 dollardan boshlanarmish.

"Diplom, propiska va boshqa hujjatbozliklar kerakmas" deyilyapti e'londa.

Tashqarida 2022- yil. Xudoga ming qatra shukurki, diplom, obyektivka, mehnat daftarchasi kabi RUDIMENTlardan voz kechyapmiz.

Inson kelib chiqishi, kimlarga qarindoshligi, ro'mol o'rash-o'ramasligi, soqol qo'yish-qo'ymasligi, universitetga borgan-bormaganligi singarilardan qat'iy nazar o'z qobiliyat va bilimi bilan ishga kira olishi zarur.

Menimcha, bu marketing kommunikatsiyalar sohasida ishlashni xohlaydiganlar uchun zo'r imkoniyat.

@dengizortidan
2.5K viewsedited  10:12
Ochish/sharhlash
2022-04-23 11:37:00 Nyu-York tomoshabopligini yo'qotgani haqida

2015- yil 3 kun, 2018- yil 4 kuncha Manxettenda bo'lganman. Haqiqiy tomoshabin bo'lganman o'shanda. Har bitta bino, har bitta avtobus bekati, har bitta uysiz odam yoki gazeta tokchasi bir eksponatdek ko'ringan ko'zimga.

2020- yilning dekabrida Nyu-Yorkning Brukliniga ko'chib o'tdim. Manxettenga bir necha marta qatnab keldim. "Sershovqin, kir, noqulay, kalamushligina joy. Shuning nimasi qiziq?" Shunday xayollar kela boshladi boshimga.

2021- yilning yozida ish yuzasidan deyarli har kuni Manxettenga boradigan bo'ldim. Ana o'shanda shahar butkul tomoshabopligini yo'qotdi men uchun.

Axir, bu Nyu-York. Ehtimol, dunyoning eng ajoyib shaharlaridan biri. Toshkent esa o'rtamiyona, bir bosh plani ham bo'lmagan, sovetcha bo'lib sovetchamas, dubaycha bo'lib dubaychamas, qanaqadir mutant shahar. Uni faqat odamlari, daraxtlari (kesilmay qolganlari), mahallalari, ovqatlari uchungina sevish mumkin. Arxitekturasini men tushunmayman shaxsan.

Lekin shu Toshkentga ham birinchi kun kelgan odam og'zini ochvolib tomosha qilishi mumkin. Unda har kuni yashaydigan, masalan, ishga qatnaydigan odam-chi? Men gaplashgan ko'p toshkentliklar bu yerdan bosh olib ketishga tayyor, bir kichik misol.

Tak chto, shahar hokimiyatidagilar taklif etayotgan tomosha imkoniyati yer usti o'tish yo'li uchun kulgili fiche. Bu fiche emas, annnniq bag. Bu xuddi "sizni zo'rlashayotgan bo'lsa, undan rohatlanishga harakat qiling, shunda zarari kam bo'ladi" deyishga o'xshaydi.

@dengizortidan
3.1K views08:37
Ochish/sharhlash
2022-04-22 09:22:07 Jasur oʻzbek oʻgʻloni

Jasur Shukurov kanalimda chakagim tinmay maqtaydiganim ukam. Universitetining vebsayti ham uni alqab maqola chiqaribdi.

U Amerikaga oʻqishga borgach, universitetiga ishga kirgan va tinmay ishlagan: hali qabul boʻlimida, hali xalqaro boʻlimda, hali kafedrasida…

Jasurning birga ishlagan ustozlari biri olib, biri qoʻyib, uning naqadar mehnatkash, iqtidorli va odamshinavanda ekanini aytib yotishibdi.

Jasur va uning akasi bir paytlar men, mening londonlik kundaliktutar doʻstim Mirjalol (@londoners_diary) hamda boshqa ajoyib insonlar tashkil etgan Young Leaders Development Project loyihasida ham boplab qatnashgan edi. Oʻshanda unga bilib “Jasur oʻzbek oʻgʻloni” deb epitet qoʻygan ekanmiz.

Menimcha, Amerikaga borib, trak haydamaslik — jasurlik va oʻgʻlonlikning oʻzginasi. )) Hazil.

Oxirgi yillarda FAANG kompaniyalari unga ogʻiz solib yotishibdi, oʻtgan yili yozda u Amerikadagi yirik bir kompaniya 3M’dan ham, Amazon’dan ham ish taklifini olib, moychechak gulbarglarini yulib oʻtirgandi. Bugun ham uning keyingi bekati Kaliforniya gigantlari boʻp turibdi. Yasha!

KVN’dagidek… Bu gapimiz bilan nima demoqchimiz: U qila olgan ekan, sizning ham qoʻlingizdan keladi.

https://www.adelphi.edu/news/from-uzbekistan-to-long-island-and-now-to-california-how-dedication-passion-and-optimism-can-widen-your-horizons/

@dengizortidan
3.3K viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash
2022-04-19 18:13:38
Assalomu alaykum va rohmatulloh xurmatli vatandoshlar, qadrli oʻzbekzabon din qardoshlar!

Sizlar uchun ajoyib xushxabar. Bu yilgi Ramazon oyini har yilgidanda shukuhli oʻtkazish maqsadida oʻzbekistonlik 10 ga yaqin ustozlar Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif buyurmoqdalar.

1) Muhammad Ayyubxon domla Homidov
2) Is’hoqjon domla Begmatov
3) Jaloliddin domla Hamroqulov
4) Ismoil domla Muhammad Sodiq
5) Hasan domla Qodirov
6) Qosimjon qori Karimov
7) Abdulhamid domla Jumanov
8) Anvarxon qori Zaitov

Ustozlar quyidagi shaharlarga tashrif buyuradilar

20-aprel - Washington DC,
21-aprel - 7 p.m. Philadelphia, Isabet Academic Campus
22-aprel - 5 p.m. New York, Da Mikelle Palazzo
23-aprel - 7 p.m. Cincinnati, OREF center
24-aprel - 7 p.m. Chicago, Shalimar Banquets
25-aprel - 2-May Orlando Al-Bukhari islamic center

Barchangizni Ramazon suhbatlariga va iftorga taklif etamiz. Ramazon shukuhini biz bilan birgalikda his qiling!

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:

Instagram |Youtube |Telegram |Facebook
2.2K views15:13
Ochish/sharhlash
2022-04-19 18:10:57
O‘zbekicton musulmonlari idorasi vakillari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurishadi

Safar doirasida imom-xatiblar yurtdoshlarimiz istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan Amerikaning 6 ta shahrida, 20 aprel kuni Vashington shahrida, 21 aprelda - Filadelfiyada, 22 aprelda - Nyu-Yorkda, 23 aprel kuni – Sinsinnatida, 24 aprel kuni - Chikagoda, 25 aprelda esa Orlandoda bo‘lishadi.

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter|Telegram (на русском)
2.3K views15:10
Ochish/sharhlash