Get Mystery Box with random crypto!

Nodiraning oʻzi Young Leaders Development Project’dagi (YLDP) | Dengiz ortidan

Nodiraning oʻzi

Young Leaders Development Project’dagi (YLDP) yigit-qizlar toʻplangan Telegram majmuatimizga mana bu yangilikni ulashishibdi:





U havo ifloslanishini aniqlash uchun fazoga nanoyoʻldosh (yerning mitti sherigi) uchirayotgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston azamatlari — yosh olimalar haqida ekan.

Bunday qarasam, bosh qahramon— Nodiraning oʻzi.

Nodira Tillayeva — YLDP’imizda boplab qatnashgan faollarimizdan biri. U ijtimoiy tarmoqlarda oʻz ismini Nadira Sama deb yozib olgani va men yaponcha iltifot boʻlmish “sama” soʻzini bilmaganim uchun unga “Nodiraning oʻzi” deb murojaat qila boshlagandim. Ha, “Jasur oʻzbek oʻgʻloni” kabi.

Tagʻin oʻylamang, “Saidaziz nuqul odamlarga laqab qoʻygan ekan” deb. Мы это любя.)

Ochiq kosmosga apparatlar uchiradigan, dasturlar yaratadigan va aqlli yangi avlodni tarbiyalaydigan ayollar nodira emas, muhayyo boʻlishini xohlardim.

Ilm maydonida Nodiraning o'zi qolib ketmasin.

@dengizortidan