Get Mystery Box with random crypto!

Troll.uz loyihasi asoschisi Umid Gafurov o'zining TANISH BILIS | Dengiz ortidan

Troll.uz loyihasi asoschisi Umid Gafurov o'zining TANISH BILISH agentligiga SMM professional ishga olmoqchi. Oylik 500 dollardan boshlanarmish.

"Diplom, propiska va boshqa hujjatbozliklar kerakmas" deyilyapti e'londa.

Tashqarida 2022- yil. Xudoga ming qatra shukurki, diplom, obyektivka, mehnat daftarchasi kabi RUDIMENTlardan voz kechyapmiz.

Inson kelib chiqishi, kimlarga qarindoshligi, ro'mol o'rash-o'ramasligi, soqol qo'yish-qo'ymasligi, universitetga borgan-bormaganligi singarilardan qat'iy nazar o'z qobiliyat va bilimi bilan ishga kira olishi zarur.

Menimcha, bu marketing kommunikatsiyalar sohasida ishlashni xohlaydiganlar uchun zo'r imkoniyat.

@dengizortidan