Get Mystery Box with random crypto!

Dengiz ortidan

Telegram kanalining logotibi dengizortidan — Dengiz ortidan D
Telegram kanalining logotibi dengizortidan — Dengiz ortidan
Kanal manzili: @dengizortidan
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.86K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-28 09:21:02
IT kelajak kasblaridan biri. Bu sohaga qiziquvchilar soni yildan-yilga oshayotir. Koʻpchilik aynan shu soha mutaxassislari bilan suhbatlar qilishimizni so’rashadi.

8-podkastimiz qahramoni Google dasturchisi Saidakbar Pardaev. Suhbatda sohaga oid qiziq ma’lumotlar berilgan.

Tomosha qiling, yoqtiring, do’stlaringizga ham ulashing.

Havola:

634 views06:21
Ochish/sharhlash
2022-12-20 18:19:57
Energiya

Bugun o'zimni uchrashuvga chiqqandek his qildim. Shinam va xushbo'y hidlar keladigan kitobli kafega bordim. Hademay bir inson kelishini kutdim.

Gap shundaki, syurpriz qilish uchun yaqinda Shotlandiyadan qaytgan do'stim Sirojiddin Olimovni ko'rgani ishxonasiga bordim. Yigitlardan uning чуть ли не live location'ini olib turdim (achtung: uchta tilda yozilgan gap).

Meni ko'rib hayron qoldi. O'tirib gaplashdik. U bilan qadriyatlarimiz, fikrlarimiz, gaplarimiz shu darajada mushtarakki, nariyoq-beriyog'i yo'q. Ammo bu mushtaraklikka biz ikki xil boshqa yo'llar bilan keldik. Albatta, bizni tanishtirgan talabalik yillari: Young Leaders Development Project and FLEDU'lardan keyin.

Men millat brendi bilan bog'liq loyihalar va Amerikada tentirash: ish, o'qish, stajirovka, supermarketda kassirlik, keyin investitsion bankdagi karyera bo'yicha... U esa aqlli ishlar: akademik litsey zamdirektorligi (24 yoshida!), O'zbekiston uchun 100 g'oya, Yevropadagi top universitetda magistratura bo'yicha ketdi.

Vatanga qaytib, u quyidagi xulosalarga kelgan:
— 1,5 yil ichida ko'plab odamlar hayotida hech qanday o'zgarish bo'lmagan, ko'p narsa o'sha-o'shaligicha qolgan, bu esa norma emas;

— odamlar tushkun kayfiyatda va bu doim ham asoslanmagan;

— bir xil odamlar davrasida o'ralashib qolmaslik kerak, agar do'stlaringiz sizga "sen o'zgaribsan" deyishsa, buni mamnuniyat bilan, xushomad sifatida qabul qiling. Chunki o'zgarish, o'sish, rivojlanish — bu norma, aski esa aksincha.

Suhbatimizning "bottom line"i shu bo'ldiki, bizga, har birimizga, O'zbekistondek murakkab mamlakatda yashaydigan odamlarga energiya kerak! Suv Sirojiddin esa bitmas-tuganmas energiya manbai. Biznes — bu energiya, jamoa bilan ishlash — bu energiya, loyihalar — bu energiya. "Bo'lmaydi", "qo'limda kelmaydi" degan gaplar o'z-o'zini amalga oshiruvchi bashoratdir.

P.S. U bilan xayrlashib bo'lgach, yana 20 minut gaplashdik. Juda sog'inibmiz yuzma-yuz suhbatni. Birodarchiligimiz abadiy bo'lsin.

@azamov_com
772 viewsedited  15:19
Ochish/sharhlash
2022-12-11 16:11:04 @chiroylimoliya kanalidagi ushbu post bir narsani esimga soldi.

Ingliz tilini uch oyda oson yo'l bilan o'rganib olishni istaysizmi?

Oldin yozgan mana shu postimni o'qing: https://t.me/dengizortidan/65

Xullas, postimni o'qing. Bu fikringizdan qaytasiz. ))

@dengizortidan
508 viewsedited  13:11
Ochish/sharhlash
2022-12-11 16:08:33

Улар биз эшитишни хоҳлаган нарсани гапиришади ...

- катта пул топиш осон...
- ҳамма (Андрей каби) трейдинг/спекуляция (форекс, крипта ва хкз) оркали Дубайда вилла сотиб олиши мумкин...
- ойига 5 минг долларни осонгина топа оласиз...

Шунчаки курсни сотиб олинг ва пул ишлашни бошланг...

Биз эса содда ва ишонувчан, дангаса, қизғанчиқ, ва молиявий ва инвестицион томондан саводсизмиз. Андрей кабилар бизнинг бу ҳолатимиздан фойдаланган ҳолда пул қилишади. Сиз эса бунга ишонишда ва мўжиза кутишда давом этаверинг...

Бизнинг Uplift жамоаси мўъжизалар ваъда қилмайди. Биз сизга ҳалол пул топиш ва ҳақиқий (осонлик билан келадиган ва осонликча йўқ бўлиб кетадиган эмас) ва мустахкам бойлик орттиришни ўргатамиз. Бу эса билим, меҳнат, сабр-тоқат, интизом ва диққатни талаб қилади. Батафсил invest.uplift.uz да билиб олишингиз мумкин

@chiroylimoliya invest.uplift.uz mustahkam bilim, mustahkam boylik
514 views13:08
Ochish/sharhlash
2022-10-11 10:05:32
Сиз қайси бирига сармоя киритган бўлардингиз?
Anonymous Poll
16%
Чорва бизнесига
15%
Ҳалол акцияларга
14%
Инвестицион бизнесга
55%
Шахсий ривожланишга
1.6K voters463 views07:05
Ochish/sharhlash
2022-10-11 10:05:32 Global Halal кундалиги

Офисда қаерга сармоя киритган яхши, деган мавзуда баҳс кетмоқда. Дизайнеримиз Сардоржон Давлатов:
- Энг фойдали инвестиция - қўй. Қўйга тикилган пул бир неча марта фойда келтиради, - деди.

Жасурбек Асқаров ҳам ўз позициясини билдирди:
- Мен ҳалол акцияларга тиккан бўлардим. Айтишларича, фойда 1 га юз, ундан ҳам кўп бўлиши мумкин экан.

Бош муҳаррир Санжар Саид эса бошқа фикрда экан:
- Мен музораба битими бўйича Iman Invest’га пул тикдим. Йиллик даромад 27-30 фоиз атрофида экан.

Суҳбатимизга қулоқ солиб турган компания раҳбари Саидазиз Аъзамов гапга қўшилди:
- Сизлар ўзларингизга инвестиция киритинглар: курсларда, малака оширишда ўқинглар, шу энг рентабелли сармоя...

#globalhalalkundaligi
466 views07:05
Ochish/sharhlash
2022-10-10 12:09:15 Amerikada ko'chalar nomlanishi haqida yozgan edim.

O'zim Nyu-Yorkda Kingz Hayuey ko'chasi yaqinida yashaganman, Metro videosini qo'ygan edim, o'sha stansiyaning nomi ham Kingz Hayuey, ya'ni King's Highway, ya'ni Qirol katta yo'li.

Agar bu nom qayerdan kelganini o'rgansangiz, g'irt kolonial davrga borib taqalishini tushunasiz. Ya'ni shu ko'chaning nomi bir necha yuz yildan beri shunday.

Ammo amerikaliklar monarxiyalar va avtokratiyalarga olabo'jiga qaragandek qaraydi, "bizning tomonlarda prezidentlar 30 yillab o'tiradi, keyin o'z farzandlarini (Ozarbayjon, Turkmaniston) voris qilib qo'yishadi" deb gapirsangiz, boshini sarak-sarak qilib, achinib qo'yadi. Ya'ni Amerikada real voqelikda kolonializmga qarshi xalq.

Bizda esa xuddi shuning aksi. Kirov, Lunacharskiy, Maksim Gorkiy va boshqa kolonial tariximizga oid nomlar o'zgargan. Qo'yib bersa, yana o'zgartirishadi. Ammo real hayotda, bizning ongimizda bu o'tmish ta'qibchi o'laroq yashayverishi mumkin.

To'g'risi, menga birinchisi ma'qul. Biz haqiqiy mustaqil mamlakat bo'lsagu, sovetcha nomlar qo'yilgan ko'chalarimiz qolaversa ham qo'rqinchli emas edi.

@dengizortidan
528 views09:09
Ochish/sharhlash
2022-10-06 10:07:42
Amazon AWS'da katta lavozimda ishlaydigan akamiz bugun Amerikaga kelganlariga 10 yil to'lganini xotirlayaptilar.

Barcha bonuslari bilan yillar davomida olingan millionlab dollar oylikdan tashqari AQSh akamiz uchun chindan ham boshqacha inson va professional bo'lish imkonini bergan bo'lsa, ajab emas.

@dengizortidan
682 views07:07
Ochish/sharhlash
2022-09-16 20:10:54
Исломда компания акцияларини сотиб олиб фойда кўриш мумкинми? Хорижий компания акцияларининг ҳалол ёки ҳалол эмаслигини қандай текшириш мумкин? Галдаги мақоламиз шулар ҳақида.

https://globalhalal.uz/1663357402

Telegram | Facebook | Instagram
826 views17:10
Ochish/sharhlash
2022-09-14 16:51:44

982 views13:51
Ochish/sharhlash