Get Mystery Box with random crypto!

Dengiz ortidan

Telegram kanalining logotibi dengizortidan — Dengiz ortidan D
Telegram kanalining logotibi dengizortidan — Dengiz ortidan
Kanal manzili: @dengizortidan
Toifalar: Ish
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.86K

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-26 20:14:54 Toshkentda ish koʻp, vaqt degan narsa defitsit))

Lekin Ayub akaning podkastlarini eshitishga vaqt topyapmiz.

Saidakbar Pardayev akamiz bilan intervyu qilgan ekanlar. Juda foydali, qiziq boʻlgan. Koʻringlar.





@dengizortidan
1.0K views17:14
Ochish/sharhlash
2022-08-21 07:40:54 Mana bugun Toshkentda boʻlib turgan ob-havo — San-Fransiskoda yil boʻyi boʻladi.

Salqin, shamolli, ehtimol yomgʻir ham shivalab oʻtib ketadi, ammo quyosh charaqlab turadi.

Soyali emas, quyoshli joylarni qidirib, oʻsha yerlardan yurardim ba’zida San-Franda.

Faqat rasm orqalimas, shunaqa solishtirish orqali Kaliforniyani eslayapman.

@dengizortidan
968 views04:40
Ochish/sharhlash
2022-07-21 15:36:49 Ikkinchi vatanim Kaliforniya))

51:25- sekunddan biz haqimizdagi joyi ham bor ekan.



671 viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2022-07-18 11:06:42 Mushohada uchun mavzu

"Chet eldagi o‘zbeklarda umumiy bir holatni kuzatish mumkin.

Kimki chetga chiqishi bilan o‘ziga vatanda uy qurish, mashina olish, vatandagi singillarini bekami ko‘st uzatishga va ukalarini uylab, ularga uy qurib, mashinali qilish bilan ovora bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha boshlagan darajasida qolib ketgan.

Kimki o‘zini rivojlantirishga, biror kasbni boshini ushlash, o‘qish yoki biznesni yo‘lga qo‘yishga kirishgan bo‘lsa u rivojlanib ketgan. Ikkalasini birdek uddalaganlar ham bor lekin."

Faiziddin Mu'min

••••••••••••

Yuqoridagi fikr chetda yurgan ko'p vatandoshlarimizni uzoq yillar kuzatib bildirilgan fikr ekan. Darhaqiqat, chetga chiqqanda, bor fokusni, diqqatni o'z ustida ishlashga qaratganlar, ya'ni o'z kelajagiga sarmoya qilganlar yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Faqat maishiy, joriy moliyaviy maqsadlarga e'tibor qilganlar esa, shaxsiy rivojlanishda hali ham boshlang'ich nuqtada depsinib turganligini kuzatish mumkin. Albatta, bu fikrlar nisbiy.

Siz bu kuzatish haqida qanday fikrdasiz? Fikrlaringiz qiziq.

@uzbeknur_korea
70 views08:06
Ochish/sharhlash
2022-07-13 16:44:03
Dengizga kalla tashlaydigan havo bo’lyapti va yana bo’lishi kutilyapti. Ammo dengizim uzoqlarda
512 views13:44
Ochish/sharhlash
2022-06-24 21:14:10
GLOBAL HALAL AMALIYOT – 2022

Professional hayot hamda universitet o‘rtasida bo‘shliq mavjud. Universitetda o‘rgangan nazariy bilimingiz bilan amaliy tajriba farq qiladi. Global Halal o‘sha bo‘shliq uchun ko‘prik vazifasini bajaruvchi amaliyotni sizga taqdim etadi.

Ushbu amaliyotdan qanday manfaat olasiz?
- Ishining professionallari bilan networkingni yo‘lga qo‘yish;
- Tarjima, yozish hamda surishtiruv mahoratingizni oshirish;
- Jamoa bilan ishlash ko‘nikmangizni rivojlantirish;
- Rezyume uchun ajoyib tavsiyanoma;
- O‘zingizni ko‘rsatsangiz, keyinchalik ishlab qolish imkoniyati.

Ariza topshirish

Ariza topshirish uchun dedlayn: 5-iyul

Yozni esda qolarli, qiziq, eng asosiysi, foydali o‘tkazishingiz uchun ajoyib imkoniyat.


@globalhalaluz
897 views18:14
Ochish/sharhlash
2022-06-22 09:18:00 Youth Uzbekistan'ga intervyu berdik

Diplomatiyani bitirgan birodarimiz, yana boshqa ajoyib ijodkor yigitlar Qorasaroyda cho'tki studiya qilib o'tirib olishgan ekan. Shu yerga meni chaqirib intervyu qilishdi.

Studiya va undagi "gear"larni maqtab, to'ylarga ham chiqish-chiqmasligini so'ragandim, ular menga faqat korporativ va shaxsiy brend bilan shug'ullanishini aytdi.

To'g'risi, yigitlarning professionalizmiga qoyil qoldim. Odatda soatlab video ustida o'tirib, pauza va "eerrrmm...", "mhmmm"larni yo'qotib o'tiradigan montaj ustalarining ishiga munosib baho beravermaymiz.

Rahmat, Youth Uzbekistan. Rahmat, Muhammaddiyor

@azamov_com
1.1K views06:18
Ochish/sharhlash
2022-06-18 10:52:52 Amerikada o'sha-o'sha gaplar emish...

Floridiston kanalini yuritgich Abror aka Qodirov bilan kecha ikki soat gurunglashganmiz. Eshitganlarimdan xulosam shuki, Amerikada men ketganimdan beri ko'p narsa o'zgarmabdi:

- Qavhaxona, restoran va do'konlar haligacha ishchi qidiryapti. Abror akaning ishdan chiqib qahvaxonada o'tirish istaklariga 23:00da emas, 18:00dayoq berkilayotgan "Starbucks"lar putur yetkazyapti. Sababi oxirgi smenada ishlash uchun hech zog' yo'q. Oyliklar kam, ishsizlik nafaqalari ular bilan deyarli bir xil.

- O'zbeklar eyforiyada trak bizneslarini ochishda davom etyapti. Ammo ayrimlar ularni yurgiza olmay, kasod bo'lay-bo'lay deyishyapti va kattaroq trak kompaniyalar ularni sotib olyapti.

- Har qanday global voqealar AQSh iqtisodiyotining qon tomiri bo'lmish logistika sohasiga ta'sir o'tkazyapti. Ukrainadagi ahvol tufayli benzin oshishi, masalan, avval bir trak uchun bir to'liq bak benzin quyish narxini bir yarim barobarga qimmatlatib yuborgan. Xitoy-AQSh savdo urushi ham, boshqa istalgan hodisalar ham birinchi bo'lib trak sohasiga zarba bo'ladi.

- Amerikaliklar birinchi dunyo muammolari bilan band. Aynan nima misol bilan biz shuni ham gaplashdik? Buni eslolmadim.

Xullas, o'sha-o'sha gaplar.

Ammo shu gaplarni men Abror akaning o'z hayotlaridan misollar orqali, ularning gapirish uslublarining qiziqligidan miriqib eshitdim. Ular bir nechta mohirona yozilgan matn ko'rinishida Floridiston kanalida chiqishi mumkin edi. Biroq, tushunishimcha, chiqmaydi.

Uning sababini ham gaplashdik.

Shaxsiy kuzatuv va hikoyalar qiziqligi, o'yga toldirishi, mulohaza uchun ulashiladi. Abror akaning vaziyatlarida ular bir chetda qolib, ko'plab obunachilar Amerikaga ketish yo'llari haqidagi javobi qiyin savollarni va alaloqibat akamizdagi stressni ko'paytirgan xolos.

Borib-borib, "yozganimdan yozmaganim yaxshI" degan xulosaga kelib qolganlar. ) Nima ham derdim... Men ularni tushunaman.

@dengizortidan
1.7K viewsedited  07:52
Ochish/sharhlash
2022-06-16 18:26:42
15 июнь куни Ground Zero Kitob olami’да ишбилармон Зафар Ҳошимов билан нетворкинг кечаси ўтказилди. Унда Ҳошимов ESG (Environmental, Social, and Governance), яъни атроф-муҳит, ижтимоий ва бошқарув масъулияти ҳақида ёш мутахассис ва тадбиркорлар билан суҳбатлашди.

"ESG — қадриятлар устига қурилган мезонлардир. Диний қадриятларимиз бизга фойда, барака олиб келиши нуқтаи назардан ҳам тарбиямизда акс этган", деди у ижтимоий масъулиятнинг ислом динидаги кўриниши ҳақида гап бошлар экан. "Табиатни асраш исроф қилмасликда, ижтимоий масалалар ва инклюзивлик адолатпарварликда, корпоратив бошқарув эса бировнинг ҳақини адо этиш ва маслаҳат билан иш қилиш каби тушунчаларда мужассамлашади".

Korzinka асосчиси бизнесда ахлоқ масалаларини "ғалаба алгоритми" деб таърифлади.

Korzinka сўнгги йилларда экология, аёллар ҳимояси ва бошқарув самарасини ошириш бўйича фаол ишлаб, ЕТТБ ва ОТБ инвестицияларини жалб этган.

@globalhalal_uz
1.4K views15:26
Ochish/sharhlash
2022-06-16 08:27:51
Kunlar juda isib ketyapti Toshkentda. Oxirgi marta bunaqa issiqni 4 yil oldin koʻrganman.

Gap shundaki, masalan, Nyu-Yorkning Bruklinida ham jazirama kunlar boʻladi, biroq mahallalarda ham, bogʻlar, odamlar koʻp yuradigan koʻchalarda daraxtlar ancha koʻp.

Toshkentda hammasi dabdala emas, oxirgi uch oyda bir nechta mamlakatdan kelgan hamkorlarimiz shahrimizda daraxtlar koʻpligini ta’kidlashyapti.

Avval ham yozganimdek, bu dunyoda hamma narsa shartli va nisbiy. Axir, ular Toshkentda Yaqin Sharqdagi yoki Afrikadagi mamlakatlar poytaxtlariga solishtirib, shunday deyayotgan boʻlishi mumkin.

Video 2021- yil iyunida Xomkrest (Homecrest) mahallasida olingan. Katta olma boʻylab, undan tashqari, Kaiforniya, Illinois, Pennisilvaniya va Virjiniya shtatlarida koʻplab daraxtzor koʻchalarning videosi bor telefonimda.

Bunday yashillikka erishishning oʻzi boʻlmagan. Ayniqsa, masalan, San-Fransiskodagi “Goulden Geyt” bogʻi odam qoʻli bilan qurilgan.

@dengizortidan
1.4K viewsedited  05:27
Ochish/sharhlash