Get Mystery Box with random crypto!

Jasur oʻzbek oʻgʻloni Jasur Shukurov kanalimda chakagim tinma | Dengiz ortidan

Jasur oʻzbek oʻgʻloni

Jasur Shukurov kanalimda chakagim tinmay maqtaydiganim ukam. Universitetining vebsayti ham uni alqab maqola chiqaribdi.

U Amerikaga oʻqishga borgach, universitetiga ishga kirgan va tinmay ishlagan: hali qabul boʻlimida, hali xalqaro boʻlimda, hali kafedrasida…

Jasurning birga ishlagan ustozlari biri olib, biri qoʻyib, uning naqadar mehnatkash, iqtidorli va odamshinavanda ekanini aytib yotishibdi.

Jasur va uning akasi bir paytlar men, mening londonlik kundaliktutar doʻstim Mirjalol (@londoners_diary) hamda boshqa ajoyib insonlar tashkil etgan Young Leaders Development Project loyihasida ham boplab qatnashgan edi. Oʻshanda unga bilib “Jasur oʻzbek oʻgʻloni” deb epitet qoʻygan ekanmiz.

Menimcha, Amerikaga borib, trak haydamaslik — jasurlik va oʻgʻlonlikning oʻzginasi. )) Hazil.

Oxirgi yillarda FAANG kompaniyalari unga ogʻiz solib yotishibdi, oʻtgan yili yozda u Amerikadagi yirik bir kompaniya 3M’dan ham, Amazon’dan ham ish taklifini olib, moychechak gulbarglarini yulib oʻtirgandi. Bugun ham uning keyingi bekati Kaliforniya gigantlari boʻp turibdi. Yasha!

KVN’dagidek… Bu gapimiz bilan nima demoqchimiz: U qila olgan ekan, sizning ham qoʻlingizdan keladi.

https://www.adelphi.edu/news/from-uzbekistan-to-long-island-and-now-to-california-how-dedication-passion-and-optimism-can-widen-your-horizons/

@dengizortidan