Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari markazlarida yana bir yangi xizmat! Oʻzbek | Davlat xizmatlari yangiliklari

Davlat xizmatlari markazlarida yana bir yangi xizmat!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-son qaroriga asosan “Moddiy madaniy meros restavrator-ustalari uchun malaka sertifikatini olish” xizmati ishga tushirildi.

Unga ko'ra, yuridik shaxslar yoki
restavrator-ustalar (jismoniy shaxslar) quyidagi harakatlarni amalga oshirishlari lozim bo'ladi:

Har yili 20-noyabrgacha DXM yoki YAIDXP orqali murojaat qiladi.
Toʻlov (har bir restavrator-usta uchun BHMning 10 baravari)ni amalga oshiradi.

Madaniy meros agentligi quyidagilarni amalga oshiradi:

Har yili 20-dekabrga qadar arizalar asosida tinglovchilar guruhini shakllantiradi.
Malaka oshirish kurslari boshlanishi haqida 5 kun oldin xabardor qiladi.
Tinglovchilar attestatsiyadan oʻtkazilgach 3 ish kunida sertifikatlarni beradi.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt: Madaniy meros agentligi

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat