Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xizmatlari yangiliklari

Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari D
Kanaldagi mavzular:
Id
Биласизми
Паспорт
Telegram kanalining logotibi davxizmat — Davlat xizmatlari yangiliklari
Kanaldagi mavzular:
Id
Биласизми
Паспорт
Kanal manzili: @davxizmat
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 46.60K
Kanalning ta’rifi

Davlat xizmatlari agentligi - Агентство государственных услуг
☎️ 1148
📩 info@davxizmat.uz
🌐 www.davxizmat.uz
📲 https://www.facebook.com/davxizmat/

Ratings & Reviews

5.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

3

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 145

2022-08-31 11:47:58
#Diqqat_muhim

Ogoh boʻling!

Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.3K views08:47
Ochish/sharhlash
2022-08-31 09:45:58
#Bilasizmi

Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?

Pensiya (nafaqa) miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari faqat DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi

Davlat xizmatlari Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko ‘rsatiladi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun elektron shaklda so‘rovnoma to‘ldiriladi

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi

So‘rovnoma olinganidan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli ma’lumotnoma shakllanadi hamda elektron tarzda yuboradi

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.4K views06:45
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:25:08
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xususiy korxona mulkdori oʻz ulushini sotgan taqdirda, oʻzgarishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun qaysi hujjatlarni taqdim qilishi lozim?

Javob:

Hukumatning 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

Ulushning boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subyekti vakolatli boshqaruv organining taʻsis hujjatlariga ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi qarori;

Davlat tilidagi taʻsis hujjatlari;

Ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar).

Ushbu Nizomga asosan taʻsis hujjatlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish taʻsis hujjatlarini yangi tahrirda qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 490-moddasiga muvofiq, xususiy korxona mulkiy majmua sifatida sotilganda korxonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.6K views04:25
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:20:00
#Davlat_xizmatlari_alifbosi

"Davlat xizmatlari alifbosi" ruknida "I" harfi.

Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish

Davlat xizmati yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali suv ta’minoti korxonalari yoki hududiy Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan ko‘rsatiladi.

Davlat xizmati ko‘rsatish o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini yechish;
ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish;
ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini o‘rnatish.

Hisobga olish uskunalari quyidagi muddatlarda qiyoslashdan o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslar uchun – 8 yil;
yuridik shaxslar uchun – 4 yil.

Yig‘im quyidagi miqdorlarda bir marta undiriladi:

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan 60 000 so'm (BHMning 20 foizi);
yuridik shaxslardan 450 000 so'm(BHMning 1,5 baravari).

Ta’minotchi korxonalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilinganda:
jismoniy shaxslardan 48 000 so'm (BHMning 16 foizi);
yuridik shaxslardan 360 000 so'm BHMning 1,2 baravari.

Hisoblagichni qiyoslashdan o‘tkazmagan holda yechish yoki o‘rnatish uchun yig‘im undirilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
3.8K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:46:01
#Bu_muhim

Davlat xizmatlarini taqdim etish muddatlari haqida nimalarni bilasiz?

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari qanchalik tez taqdim etilsa, mamnunlik darajasi ham shu qadar yuqori bo'ladi.

Demak, xizmat ko'rsatish muddati sifatida berilgan iboraga diqqat qilish juda ham muhim. Misol uchun, xizmat muddati 2 kun yoki 2 ish kuni deb belgilanishi mumkin.

Nima farqi bor dersiz?

Doim yodingizda bo'lsin, agarda talab va reglamentda ko'rsatilgan matndagi muddatda "ish kuni" jumlasidan foydalanilmagan bo'lsa, demak kalendar kunlari nazarda tutilgan bo'ladi.

Agarda "ish kuni" birikmasi qo'llanilgan bo'lsa, demak xizmat ko'rsatuvchi davlat organining ish kunlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shunday qilib, 5 ish kuni deb belgilangan muddat haftaning 2 dam olish kunini inobatga olib hisoblaganda 7 kalendar kunga to'g'ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, chorshanba kuni berilgan ariza bo'yicha keyingi haftaning seshanba kuni 5-ish kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.4K views12:46
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:22:01
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari.

Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXP – my.gov.uz;

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun yg‘im undirilmaydi
— Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: BHMning 1 barobari

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 kun.

Litsenziyaning amal qilish muddati — сheklanmagan

Ma'lumot uchun: Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy va texnik tusdagi xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyat notarial faoliyat hisoblanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.1K views09:22
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:44:00
#Bilasizmi

FHDY organlarining vazifasi jismoniy shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.

Quyidagilar FHDY organlari hisoblanadi:

Tuman va shahar FHDY boʻlimlari, shuningdek Nikoh uylari
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari FHDY arxivlari.

FHDY boʻlimlari tomonidan 4 ta (tugʻilish, nikoh, ajrim va oʻlimni qayd etish) turdagi harakatlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur dalolatnoma yozuvlarini tiklash va o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritish harakatlarini ham amalga oshiradi.

Unutmang! fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etildi. Unga koʻra, fuqarolar doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi (propiskasi)dan qatʼiy nazar FHDY sohasidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
4.8K views08:44
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:24:01
#2022_yil_1_sentyabrdan

Yengil avtotransportda yoʻlovchi tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilish hisoblanadi

“Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qaroriga asosan:

2022-yil 1-sentyabrdan 2024-yil oxirigacha:

4 tadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega transportlarda yoʻlovchi tashish oʻzini oʻzi band qilish deb qaraladi va ushbu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi;

litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilinadi.

yoʼlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shugʼullanadigan oʼzini oʼzi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik koʼrikdan oʼtkazishi shart;

yoʼnalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʼrsatganlik uchun yigʼim undirilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
7.9K views06:24
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:25:04
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday hollarda obyektni rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?

Javob:

Hukumatning 200-son qaroriga muvofiq quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:

Binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk koʻtarib turuvchi qismlarining oʻzgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (koʻp kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);

Poydevor maydonini oʻzgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish boʻlimlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
5.8K views04:25
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:36:01
#bilasizmi

JShShIR chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga qanday yengillik beradi?

O'zbekistonda JShShIR barcha davlat, bank, soliq, ijtimoiy va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

Davlat organlari “Elektron hukumat” maxsus platformasi orqali o‘zaro hamkorlik orqali jismoniy shaxslardan qo‘shimcha maʼlumotlarni so‘ramasdan, JShShIR asosida zarur maʼlumotlarni almashadilar.

Xususan, 2021-yil 1-iyuldan JShShIR davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilandi.

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimida taʼsischilar, direktor, ariza beruvchi yoki uning vakili to‘g‘risidagi maʼlumotlarda JShShIR ko‘rsatilishi kerak.

Afsuski, JShShIR amalda majburiy bo‘lib identifikator sifatida tasdiqlanish vaqtida ta’sischilar – O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilmaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar imkoniyatlari hisobga olinmadi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan qarorida shunday tartib belgilandiki, O‘zbekistonda vaqtincha yoki doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar JShShIR olishlari mumkin.

2022-yil 1-iyundan O‘zbekistonda vaqtincha istiqomat qilayotgan yoki faoliyat yuritayotgan chet el fuqarosi o‘zining ishonchli vakili orqali Davlat xizmatlari markazlariga JShShIR olish uchun ariza berishi mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat
6.9K views13:36
Ochish/sharhlash