Get Mystery Box with random crypto!

Shifokorlarga har oy qo‘shimcha 2 million so‘m ustama toʻlanad | BUGUNGI GAP | Расмий канал

Shifokorlarga har oy qo‘shimcha 2 million so‘m ustama toʻlanadi.

Prezident qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-iyuldan olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

@BugungiGap