Get Mystery Box with random crypto!

BUGUNGI GAP | Расмий канал

Telegram kanalining logotibi bugungigap — BUGUNGI GAP | Расмий канал
Kanaldagi mavzular:
Хайрли
Фойдали
Kanal manzili: @bugungigap
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.49M
Kanalning ta’rifi

⚡️Bugungi Gap - кун давомидаги энг долзарб, тезкор хабарлар.
📹Видео юборинг, янгилик бўлса каналда чиқарилади: @BugungiGapBot
📈Реклама: @Nurov_N1

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 519

2022-04-28 10:58:45
Endi Ilon Mask Coca-Colaʼni sotib olmoqchi.

Milliarder Coca-Cola kompaniyasini sotib olmoqchi ekanligi haqida oʻz Twitter sahifasida yozib qoldirdi. Oldinroq u Twitterʼni 44 milliard dollarga sotib olish uchun shartnomaga erishgan edi.

@BugungiGap
14.8K views07:58
Ochish/sharhlash
2022-04-28 09:34:41 Texnikumlar bitiruvchilari oliy talim muassasalarining 2-bosqichidan oʻqishni davom ettirishi mumkin boʻlgan o'z soxasiga mos bakalavriat yoʻnalishlari roʻyxati.

@BugungiGap
16.0K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-04-28 07:38:50
Samarqandda 10 ming dollarlik tarixiy kitob sotuvga qoʻyildi.

Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro XIV asrga tegishli boʻlgan kitobni sotuvga qoʻygani aytilmoqda. Qayd etilishicha, fors tilida yozilgan mazkur kitobda islom dini haqida maʼlumotlar berilgan. Tarixiy kitob 10 ming dollarga baholangan.

@BugungiGap
16.0K views04:38
Ochish/sharhlash
2022-04-28 06:35:10
Andijonda 4,1 ballik zilzila sodir boʻldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, bugun 28 aprel kuni soat 03:28 da Andijon viloyatining Xonobod tumanida 4,1 ballik zilzila sodir boʻlgan.

@BugungiGap
16.0K viewsedited  03:35
Ochish/sharhlash
2022-04-27 19:23:25
Oʻzbekistonda Tashqi ishlar vaziri oʻzgardi.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga oʻtkazilishi munosabati bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasiga Vladimir Norov tayinlandi.

@BugungiGap
10.7K views16:23
Ochish/sharhlash
2022-04-27 19:14:01
Armaniston Bosh vazirining korteji homilador ayolni urib yubordi.

Yerevan shahrida katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning korteji homilador ayolni urib yubordi. Ayol kasalxonada vafot etgan.

@BugungiGap
11.0K views16:14
Ochish/sharhlash
2022-04-27 19:14:01
Sankt-Peterburgda qor yogʻmoqda.

Bahorning ikkinchi oyi yakuniga yetib borayotganiga qaramasdan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qor yogʻmoqda.

@BugungiGap
10.3K views16:14
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:43:52
O‘zbekiston Rossiyaga qogʻoz uchun oqartiruvchi vosita yetkazib beradi.

Rossiya O'zbekistondan ofis qog'ozi uchun maxsus oqartiruvchi vosita sotib oladi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov ma’lum qildi.

@BugungiGap
11.2K views15:43
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:41:13
Xitoyda 4 yoshli bolada H3N8 parranda grippi aniqlandi.

Mutaxassislar fikricha, H3N8 virusi parrandalardan kelib chiqqan bo‘lib, avvallari odamlarga yuqmagan. Virusning bu turi butun dunyo bo‘ylab otlar, itlar, qushlarda aniqlangan, biroq odamlarning H3N8’ga chalinish holati kuzatilmagan.

@BugungiGap
10.9K views15:41
Ochish/sharhlash
2022-04-27 17:54:14
Andijonda “Labo” va “Spark” ishtirokida YTH sodir boʻldi.

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Labo” va “Spark” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan, oqibatda “Labo” avtomobili ag‘darilib ketgan. Ayni paytda “Labo” avtomobili haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

@BugungiGap
11.6K views14:54
Ochish/sharhlash