Get Mystery Box with random crypto!

Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал B
Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал
Kanal manzili: @boyovut_live
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.49K
Kanalning ta’rifi

Boyovut tumani Xabarlarini Tezkor ⚡Yetkazib Boruvchi Rasmiy Kanaldasiz ✅
Voqea va hodisa guvoh bo‘ldingizmi 👀
Unda bizga yuboring @Boyovutlik_admin
Reklama uchun: @Boyovutlik_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2023-03-16 03:17:51
Sirdaryo: eng muhim voqealar rivoji 60 soniya ichida

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
390 views00:17
Ochish/sharhlash
2023-03-15 19:51:01
“Milliy xalq o‘yinlari” yoshlar festivali davom etmoqda

Mazkur festival ajdodlardan meros qolgan milliy xalq o‘yinlarimizning aholi, ayniqsa yoshlar salomatligini saqlash va shu yo‘l bilan ularning jismoniy tarbiya hamda sportga intilishini targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yoshlar ishlari agentligi Oqoltin tumani bo‘lim tashabbusi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oqolin tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda tumandagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchi yoshlari o‘rtasida milliy o‘yinlarimizdan “Chillak”, “Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish” hamda “Milliy kurash” turlaridan musobaqa tashkil etildi. Tadbir so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga Maʼnviyat va maʼrifat markazi Oqoltin tuman bo‘linmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
581 views16:51
Ochish/sharhlash
2023-03-15 14:51:13
E’LON

2023 yil 16 mart kuni soat 11.00 da Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Ma’rifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tashkiliy masalalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Kalendar rejasini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi referendum okruglarini tuzish kabi masalalar o‘rin olgan.

Shuningdek, ushbu majlis “O‘zbekiston-24” hamda “UzReport” telekanallari orqali jonli efirda uzatib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmat
Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
497 views11:51
Ochish/sharhlash
2023-03-15 10:21:02 Sirdaryo viloyatida bepul dorilar yetkazib beruvchi dorixonalar ikkitaga ko‘paydi

Reimbursasiya tizimi bo‘yicha hamkorlik maqsadida Boyovut tumanidagi «Baratboy Diyorbek» hamda Oqoltin tumanidagi «Dilshod» MCHJ bilan shartnoma tuzildi. Ushbu shartnomaga ko‘ra, dorixonalar arterial gipertoniya, yurak- ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositalarini bepul beradi. Dori vositalari uchun xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.

Ma’lumot uchun, «reimbursasiya» inglizcha so‘z bo‘lib,“ xarajatni qoplash» degan ma’noni beradi. Reimbursasiya dasturi doirasida dori vositalari olish uchun surunkali kasallik bilan dispanser nazoratida turgan bemorlar o‘zlarining oilaviy shifokorlariga murojaat qiladi. Shifokor bemorni zarur tekshiruvdan o‘tkazadi, kerak bo‘lsa, uni laboratoriya-diagnostika tekshiruvlariga yuboradi. 10-Xalqaro kasalliklar tasnifiga ko‘ra, aniq tashhis qo‘yilgach, elektron ambulator kartaga ma’lumotlar kiritiladi va elektron reseptni shakllantiradi. O‘sha zahoti bemorning mobil telefoniga SMS keladi. Zaruriyat tug‘ilganda (bemorning talabiga ko‘ra) shifokor elektron reseptni bemorga qog‘oz shaklida taqdim etishi mumkin.

Shifokordan elektron reseptni olgan bemor DTSJsi bilan shartnoma tuzgan dorixonaga dori vositasini olish uchun murojaat qiladi.

Reimbursasiyada ishtirok etayotgan dorixona bemorga dori vositasini elektron resept asosida bepul beradi. Shartnoma shartlariga ko‘ra dorixonalar ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining uzluksiz ta’minotini hamda joriy yil yakuniga qadar ushbu dori vositalari narxi o‘zgarmasligini ta’minlashi lozim.

Reimbursasiya hukumatimiz tomonidan qo‘yilayotgan shaffoflik va adolatlilik tamoiylariga juda mos bo‘lib, jarayonlar elektron tarzda amalga oshiriladi. DTSJ, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va dorixona rahbarlari bevosita kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, reimbursasiya hozirda Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov jarayonida amaliyotga tatbiq etilmoqda. Olingan natijalarga ko‘ra bu tizimni kelgusida yurtimizning boshqa hududlariga ham joriy etish mo‘ljallangan.

Ahmadali SHERNAZAROV, «Xalq so‘zi»

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
488 views07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-15 08:15:05 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi.

Qonun loyihasi "Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi sonida ham berilgan.


Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
472 views05:15
Ochish/sharhlash
2023-03-15 04:13:36
Бир суткада неча соат ухлайсиз?

Уйқу инсон саломатлиги учун сув ва ҳаводек зарур. Лекин кўпчилик унинг меъёрига амал қилмайди ва кейин турли касалликлардан азият чекади. Тадқиқотларда бир сутка учун 8 соат ухлаш норма экани тасдиқланган. Бугун одамлар неча соат ухламоқда?

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
539 views01:13
Ochish/sharhlash
2023-03-14 18:50:15
"Besh tashabbus olimpiyadasi" doirasida "Sog‘lom tanda - sifatli ta'lim" shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi uchun Boyovut tumanida o‘qituvchilar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada jami 4 ta sektordan 90 nafardan ortiq o‘qituvchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
750 views15:50
Ochish/sharhlash
2023-03-14 11:15:26
To‘lovning o‘tgan oyida olinmagan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam summasi to‘lovning joriy oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritiladi hamda tayinlangan, biroq o‘z vaqtida olinmay qolgan to‘lovlar o‘tgan davrlarda hisoblangan miqdorlarda butun davr uchun biroq nafaqa yoki moddiy yordamni olish muddati tugaganidan so‘ng uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda bir yo‘la to‘lanadi.

Bekzod Ataullayev
Boyovut tumani pensiya jamg'armasi bo'limi boshlig'i

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
293 views08:15
Ochish/sharhlash
2023-03-14 08:22:07 Bugun soat 15.00da Senatning 38- yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Unda referendum masalasi koʻrib chiqiladi.

Senat qaroridan so‘ng Konstitutsiyaviy qonun loyihasi jamoatchilik uchun e’lon qilinadi.

Yalpi majlis “O'zbekiston 24”, “O'zbekiston” teleradiokanallari, “Uzreport” telekanali hamda Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
491 views05:22
Ochish/sharhlash
2023-03-14 04:20:51
ХАЙРЛИ ТОНГ!

Ассалому алайкум! Сешанба тонги муборак бўлсин

Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин! Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият тарк этмасин!

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
270 views01:20
Ochish/sharhlash