Get Mystery Box with random crypto!

E’LON 2023 yil 16 mart kuni soat 11.00 da Toshkent shahri, | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

E’LON

2023 yil 16 mart kuni soat 11.00 da Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Ma’rifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tashkiliy masalalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalasi bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Kalendar rejasini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazuvchi referendum okruglarini tuzish kabi masalalar o‘rin olgan.

Shuningdek, ushbu majlis “O‘zbekiston-24” hamda “UzReport” telekanallari orqali jonli efirda uzatib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmat
Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live