Get Mystery Box with random crypto!

Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал B
Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал
Kanal manzili: @boyovut_live
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.49K
Kanalning ta’rifi

Boyovut tumani Xabarlarini Tezkor ⚡Yetkazib Boruvchi Rasmiy Kanaldasiz ✅
Voqea va hodisa guvoh bo‘ldingizmi 👀
Unda bizga yuboring @Boyovutlik_admin
Reklama uchun: @Boyovutlik_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2023-03-17 18:26:06 Ertaga umumxalq xayriya hashari

Ertaga, 18-mart kuni Hukumatning farmoyishi bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.1K views15:26
Ochish/sharhlash
2023-03-17 16:00:32
Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?

5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar ketma-ket 5 kun;
6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun dam oladi.

Bunda:
18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
19-mart, yakshanba — dam olish kuni;
20-mart, dushanba — dam olish kuni;
21-mart, seshanba — dam olish kuni;
22-mart, chorshanba — dam olish kuni.

23-mart, payshanba — barcha uchun ISH KUNI.

5 kunlik
ish haftasida ishlaydigan xodimlar 25-mart, shanba kuni ishga chiqadi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
829 views13:00
Ochish/sharhlash
2023-03-17 11:16:06
#befarqemasman

«Men tadbirkorman. Yoshligimdan tadbirkorlik qilaman. Tadbirkor odam o‘z vaqtini, kuch-g‘ayratini, mol-mulkini tikib, rivojlanishga harakat qiladi. Ular har kuni tahlikali bo‘lsa-da qarorlar qabul qiladi va kelajakka ishonadi.

Shunday davrlar bo‘ldi, tahlikalar haddan tashqari ko‘p bo‘ldi. Tadbirkorlar har kuni qo‘rqib ishladi. Bu na mamlakat iqtisodiyoti, na xalq uchun manfaatli bo‘ldi.

Eslayman, ertalab «bismilloh» deb uydan chiqayotganda, ishqilib, tinchlik bo‘lsin, uxlayotgan bolalarimizga qarab, biror narsa bo‘lsa, bular nima bo‘ladi, kechqurun eson-omon uyga qaytay, degan qo‘rquvda yashadik.

Islohotlar boshlanganda, ularning muhokamalarida qatnashdik, mavjud muammolarni tanqid qildik. O‘shanda ba’zi tanishlarimiz orasida «qo‘rqmaysanmi, orqaga qaytib qolsa, nima bo‘ladi», deganlar bo‘ldi. Ammo bu islohotlar davom etishini, imkoniyatlar, haq-huquqlarni kafolatlash davri keldi. Men befarq emasman. Siz ham befarq bo‘lmang»
Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
782 viewsedited  08:16
Ochish/sharhlash
2023-03-17 07:14:01
NAVRO‘Z BAYRAMINI BIZ BILAN O‘TKAZING

Hurmatli Boyovut tumani aholisi va mehmonlari!

Boyovut tumani hokimligi, tuman madaniyat bo‘limi hamkorlikda Navro‘z bayramini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida qator ko‘ngilochar tadbirlarni siz uchun tashkil qilish arafasida.

19-mart kuni soat 10:00 dan boshlab “Yurt bayrog'i” maydonida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy dasturlar tashkil etiladi.

“Navro‘z” shodiyonalari davomida tuman madaniyat bo‘limining folklor jamoalari, raqs jamoalari, teatr aktyor va aktrisalari hamda boshqa ijodkorlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy hunarmandchilik va kasanachilik mahsulotlari namoyishi bilan tumanimiz ahliga va mehmonlarga xushnud kayfiyat baxsh etiladi, milliy qadriyat, an’ana va urf – odatlar tarannum etiladi.

Va albatta taniqli xonandalar, estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida Gala konsert bo‘ladi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulas
531 views04:14
Ochish/sharhlash
2023-03-17 04:05:59
Ҳайрли тонг!

Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин.
Яқинларимизни табриклашни унутманг!

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
792 views01:05
Ochish/sharhlash
2023-03-16 17:05:09
Жорий йилнинг 18-19 март кунлари Гулистон шаҳридаги «Алпомиш» спорт мажмуасида анъанавий таэквондо спорт тури бўйича Ўзбекистон чемпионати ўтказилади.

Мазкур мусобақада Қорақалпоғистон Республикаси, Тошкент шаҳри ва вилоятлардан 8 ёшдан – 35 ёшгача бўлган 700 нафарга яқин спортчилар бош соврин учун баҳс олиб боради.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
1.1K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2023-03-16 13:58:07
#befarqemasman

Men farzandlarimning umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz asosida shakllanishini, yetuk insonlar bo‘lishini istayman. Shuning uchun ham O‘zbekistonning dunyoviy va huquqiy davlat ekanligini yangilanayotgan Konstitusiyada mustahkamlash zarur, deb hisoblayman. Men befarq emasman!

Barchangizni “Men befarq emasman” chellenjida qatnashishga chorlayman!

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
393 views10:58
Ochish/sharhlash
2023-03-16 10:35:22
Boyovut tuman veterinariya va chorvachilkni rivojlantirish bo‘limi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Batafsil o'qish uchun:
https://boyovut.uz/uz/jahon/boyovut-tuman-veterinariya-va-chorvachilkni-rivojlantirish-bolimi-tomonidan-2022-yilda-amalga-oshirilgan-ishlar-togrisida

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
549 views07:35
Ochish/sharhlash
2023-03-16 07:16:00
Yangicha texnalogiya bizga ham kirib keldi.
625 views04:16
Ochish/sharhlash
2023-03-16 05:14:09
#Diqqat

Shirin gaz taqsimlash stansiyasidan Boyovut tumaniga yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi.

Ushbu holatni bartaraf etilishi, gaz quvuriga o‘rnatilgan toraytiruvchi moslama (shayba) almashtirilishi munosabati bilan joriy yilning 16-mart kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar A.Navoiy;
Boboyurt;
Iftihor;
Beruniy;
Sohil;
Uchturg‘on;
Madaniyat;
Sovotobod;
Ijodkor;
Ma'naviyat mahallalaridagi jami 6043 ta aholi xonadonlari va 39 ta ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live
78 views02:14
Ochish/sharhlash