Get Mystery Box with random crypto!

“Milliy xalq o‘yinlari” yoshlar festivali davom etmoqda Mazku | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

“Milliy xalq o‘yinlari” yoshlar festivali davom etmoqda

Mazkur festival ajdodlardan meros qolgan milliy xalq o‘yinlarimizning aholi, ayniqsa yoshlar salomatligini saqlash va shu yo‘l bilan ularning jismoniy tarbiya hamda sportga intilishini targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yoshlar ishlari agentligi Oqoltin tumani bo‘lim tashabbusi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oqolin tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda tumandagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchi yoshlari o‘rtasida milliy o‘yinlarimizdan “Chillak”, “Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish” hamda “Milliy kurash” turlaridan musobaqa tashkil etildi. Tadbir so‘ngida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga Maʼnviyat va maʼrifat markazi Oqoltin tuman bo‘linmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live