Get Mystery Box with random crypto!

Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал B
Telegram kanalining logotibi boyovut_live — Boyovut Live 🔴 Расмий Канал
Kanal manzili: @boyovut_live
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.49K
Kanalning ta’rifi

Boyovut tumani Xabarlarini Tezkor ⚡Yetkazib Boruvchi Rasmiy Kanaldasiz ✅
Voqea va hodisa guvoh bo‘ldingizmi 👀
Unda bizga yuboring @Boyovutlik_admin
Reklama uchun: @Boyovutlik_admin

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-19 05:49:41
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:

86–100 % uchun – 5 baho;
71–85 % – 4 baho;
56–70 % – 3 baho;
56 % gacha – 2 baho.

Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
847 viewsBoyovut admini, 02:49
Ochish/sharhlash
2023-04-19 01:27:26
Рамазон 29 кунлик бўлиши мумкин!

Ғуломиддин домла Холбоев

Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Фатво маркази директор ўринбосари

Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
1.9K views10, 22:27
Ochish/sharhlash
2023-04-18 20:09:23
Ayni vaqtda Boyovut tumani mahallalaridagi ta'mirtalab ichki yo'llarda asfalt qoplamasi bilan joriy ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mehnat qilayotgan insonlarni duo
qilib qo‘yamiz ishlariga omad charchamasinlar xalq hizmatida.


Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
3.0K viewsBoyovut admini, 17:09
Ochish/sharhlash
2023-04-18 18:14:19
Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sirdaryo tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan tuman hududida reyd tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida tumanning "Sholikor" SIU hududida fuqaro H.Z tomonidan zovur muhofaza maydonidan noqonuniy ravishda yer ustki unumdor qatlamini chim (g‘isht) qilib kesib olib ketayotganligi holati aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 82- modda 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda 3 000 000 soʼm maʼmuriy jarima qoʼllanildi.

Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
3.3K views10, 15:14
Ochish/sharhlash
2023-04-18 12:14:25
103 yoshli onaxon holidan xabar olindi

Insonlarni qadrlash, keksa avlod vakillari   xolidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos fazilatlardan biridir. Ayniqsa bu ezgu amallarning ko‘lami oylarning sultoni bo‘lgan muborak Ramazon oyida yanada kengayadi.

Boyovut tumani "Anorzor" mahallasida yashovchi Alimova Zarkumush ona bu yil 103 yoshni qarshi oladi. Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova kuni kecha Zarkumush ona xonadonida bo'lib, onaxon holidan xabar oldi. Zarkumush ona qoʻlini duoga ochib, 2023-yil barakali kelishini, yurtimiz tinch bo'lishini niyat qildi.

Uzoq umr koʻrishning siri haqida gap ketganda, Zarkumush ona “yuragingiz toza boʻlsa, umringiz ziyoda boʻladi” dedi. "Anorzor" mahalla ahli esa uzoq umr sohibasi — Zarkumush ona bilan faxrlanishadi, doim onaxon duosini olishadi.

Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
3.7K views10, 09:14
Ochish/sharhlash
2023-04-18 07:26:16
ISHONCH dan chegirmali narxlarda xaridlar qilishga tayyormisiz?

18-20 aprel  kunlari davomida barcha mahsulotlarga 5% dan 70% gacha chegirma e'lon qilamiz!
Barcha mahsulotlarni 70% gacha chegirma bilan xarid qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Sizga yoqimli xaridlar tilab qolamiz!

Manzil: Guliston shahri SAXOVAT gipermarketi 1-qavat

Batafsil: +998735152222
                      +998999344020
                      +998996144020


Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
167 viewsBoyovut admini, 04:26
Ochish/sharhlash
2023-04-18 06:56:09
Volontyorlar uchun yana bir ajoyib imkoniyat!

Endilikda Yoshlar ishlari agentligi yurtimizdagi volontyorlik guruhlar va tashkilotlarning tashabbusli loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har bir hududdagi 5 tadan eng yaxshi volontyorlik loyihalari tanlab olinib, ularni amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha mablag‘ yo’naltiriladi.

Sizning ham volontyorlik yo‘nalishida loyihalaringiz bormi? Unday bo‘lsa hoziroq yoshlarportali.uz sayti orqali ariza yuboring!

Eslatib o‘tamiz, arizalar joriy yilning 1-iyuniga qadar qabul qilinadi.

Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
2.0K viewsBoyovut admini, 03:56
Ochish/sharhlash
2023-04-18 01:30:32
Бу тунда (Қадр кечасида) қилган ибодатларимиз гунохларимизга каффорат бўлсин!

Қадр кечасининг ўғриларидан огоҳ бўлинг!
Булар:
— Телевизор;
— Уяли телефон;
— Ижтимоий тармоқлар;
— Кучли ифторлик;
— Бозорлик қилгани бориш;
— Ҳар хил зиёратлар.

Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
2.6K views10, 22:30
Ochish/sharhlash
2023-04-17 19:03:01
TOʻY VA MAROSIMLAR UCHUN XIZMATINGIZDAMIZ

MUROJAAT UCHUN TELEFONLAR
+998915064422
+998995064422

IXTIYOR VOHIDOV JAMOASI YAXSHI KUNINGIZDA XIZMATDA

@Boyovut_Live
249 viewsBoyovut admini, 16:03
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:36:45
88-ёшли отахон. Бу чоллар ёмон чоллар

Boyovutliklarga qo‘shiling va ulashing

https://t.me/+6j8r-8LTGcAzNWVi
3.1K views10, 14:36
Ochish/sharhlash