Get Mystery Box with random crypto!

Bojxona ishi va huquqi

Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi B
Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi
Kanal manzili: @bojxonaishivahuquqi
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.32K

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-02-10 16:21:26 2023-yil 1-apreldan:

1 yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln soʻmgacha) qismi qoplab beriladi;

daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;

davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;

yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.
3.7K views13:21
Ochish/sharhlash
2023-02-10 16:20:56
2023-yil 10-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–21-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:

kichik tadbirkorlik subyektlari:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.
2.8K views13:20
Ochish/sharhlash
2023-02-10 16:07:57
2023-yil 10-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-51-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda:

2023-yil 1-fevraldan 2024-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llanilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5155-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarga 2024-yil 1-yanvarga qadar import bojxona bojining nol stavkasini qo'llash nazarda tutilgan.
2.2K views13:07
Ochish/sharhlash
2023-02-08 09:59:28
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2022-yil
29-dekabrdagi 34-son buyrug‘i (Adliya vazirligida 07.02.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3419) bilan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar haqidagi xabar va unga ilova qilinadigan ma’lumotlarning namunaviy shakli hamda hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
2.3K views06:59
Ochish/sharhlash
2023-01-12 07:19:10 2023-yil 1-fevraldan boshlab affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar:

qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud boʼlgan xomashyoni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishda;

bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallarni va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud boʼlgan xomashyoni qayta ishlash mahsulotlarini Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda
maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etildi.

2026-yil 1-yanvarga qadar marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga (TIF TNning 7101-7104 pozitsiyalari) import bojxona bojlari 0 foiz etib belgilandi.
4.4K views04:19
Ochish/sharhlash
2023-01-12 07:18:27
2022 yil 23 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" PQ-452-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorda:

2023-yil 1-fevraldan boshlab rezident va norezident Jismoniy shaxslarga qiymati 100 mln. soʼmgacha boʼlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasini toʼldirmasdan, 100 mln. soʼm va undan ortiq boʼlganlarini yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan zargarlik buyumlarini yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasini toʼldirgan holda, maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqish mumkinligi belgilangan.
3.7K views04:18
Ochish/sharhlash
2023-01-05 08:31:33
2022 йил 31 декабрда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Ўзбекистон Республикасининг ташқи иқтисодий фаолиятини тартибга солиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида"ги 733-сон қарори қабул қилинди.

Мазкур қарор билан:

Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий фаолият товар номенкулатурасининг 2022 йилги таҳрири амалга киритилиши муносабати билан таснифлаш кодлари ўзгарган маҳсулотлар рўйхати тасдиқланган;

Ўзбекистон Республикаси Инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги ҳамда Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Божхона қўмитасига зарур ҳолларда, ТИФ ТН 2022 йилги таҳририга мувофиқ маҳсулотларни таснифлаш юзасидан биргаликда хулосалар бериш ҳамда таснифлаш кодлари ўзгарган маҳсулотлар рўйхатига тегишли баённома расмийлаштириш йўли билан ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳуқуқи берилган.
3.7K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-01-05 08:07:43 Мазкур қарор билан:

Товар ва транспорт воситалари билан транзит операцияларини амалга ошириш тартиби тўғрисидаги низом тасдиқланди;

Божхона органларига дастлабки ахборот тақдим этилган ҳолларда Юкларни халқаро йўлларда ташиш дафтарчасини қўллаган ҳолда юкларни халқаро ташиш тўғрисидаги Божхона конвенциясига мувофиқ тўлдирилган халқаро йўлларда ташиш дафтарчаси ҳамда Вақтинча олиб кириш тўғрисидаги конвенцияга мувофиқ тўлдирилган АТА карнети транзит декларацияси сифатида қабул қилиниши;

божхона органига транзит декларацияси товарлар ва транспорт воситалари божхона чегарасини кесиб ўтгунига қадар тақдим этилганда, қонунчиликда белгиланган дастлабки электрон шаклдаги ахборотни тақдим этиш талаб этилмайди;

транзит декларациясини божхона органига тақдим этиш ва расмийлаштириш билан боғлиқ бўлган операциялар "E-Tranzit" ААТ орқали амалга оширилиши белгиланди.
2.8K views05:07
Ochish/sharhlash
2023-01-05 08:07:28
2022 йил 31 декабрда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг "Товарларни божхона транзити божхона режимига жойлаштириш билан боғлиқ операцияларни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида"ги
737-сон қарори қабул қилинди.
2.6K views05:07
Ochish/sharhlash