Get Mystery Box with random crypto!

Bojxona ishi va huquqi

Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi B
Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi
Kanal manzili: @bojxonaishivahuquqi
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.32K

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-03-12 08:41:49
2023-yil 9-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–821-son Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat mulkiga egalik qilishga ushbu mulk quyidagi mezonlarning biriga yoki bir nechtasiga muvofiq bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi:

asosiy faoliyatni tabiiy monopoliyalar sohasida amalga oshirish;
aholi uchun zarur bo‘lgan, ko‘rsatilishi xususiy sektor uchun norentabel bo‘lgan tayanch xizmatlarni ko‘rsatish;
faoliyatni strategik manfaat, shuningdek aholi xavfsizligini ta’minlash sohalarida amalga oshirish yoki milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan
va ushbu Qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulkining mavjudligi.
1.3K views05:41
Ochish/sharhlash
2023-03-12 08:12:25 Unga ko‘ra Xalqaro brendlar tovarlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga Reyestrga kiritilgan kundan boshlab qo‘llanilishi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bojxona qo‘mitasiga Reyestrga kiritilgan va undan chiqarilgan import qiluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etib borishi lozim.
1.2K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-03-12 08:12:14
2023-yil 9-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 99-son qarori qabul qilindi.

Mazkur Nizomda reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga nisbatan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qo‘llash tartibi belgilangan.
1.3K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-03-01 09:17:34 mavjud ma’muriy ma’lumotlar bazalaridan axborot tizimlari yordamida dolzarb va tezkor ma’lumotlar olish tizimini takomillashtirish hisobiga qog’oz yoki jadval ko’rinishidagi ma’muriy ma’lumotlardan voz kechish hamda ularni taqdim etish va qabul qilishda inson omilini qisqartirish.
2.4K views06:17
Ochish/sharhlash
2023-03-01 09:17:26
2023-yil 27-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2023-yil uchun Statistika dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 80-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan quyidagilar belgilangan:

2023-yildan boshlab Statistika agentligi tomonidan dastur doirasida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlari uchun respondantlar ro‘yxatini ma‘muriy ma‘lumotlar asosida ularning faollik holatini aniqlashtirgan holda shakllantirish;
vazirlik va idoralar ma’lumotlar bazalarini Statistika agentligining axborot tizimlariga integratsiya qilish orqali rasmiy statistikani tayyorlash jarayonlarida ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishni kengaytirish;
ma’muriy ma’lumotlar yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash va ma’muriy ma‘lumotlarning sifatini yanada oshirish;
2.0K views06:17
Ochish/sharhlash
2023-03-01 08:45:15
2023-yil 28-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–80-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan 2023-yil 1-martadan 2023-yil 31-dekabrga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash belgilandi.
1.7K views05:45
Ochish/sharhlash
2023-03-01 08:31:06
2023-yil 27-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish to'g'risida ”gi PQ–77-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarori bilan charm, moʻyna xom ashyosi va jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda soʻyish, jun, qorakoʻl va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga berilgan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyxatdagi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xom ashyo, materiallar va furnituralarga bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilgan.
1.7K views05:31
Ochish/sharhlash
2023-02-20 12:24:46 2023-yil 1-apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kBtgacha bo’lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o’rnagan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo’yicha mol-mulk solig’i, qurilmalar bilan band bo’lgan uchastkalar bo’yicha yer solig’i hamda yuruidik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotilgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig’ini to’lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tibor 3 yil muddatga, o’rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo’lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o’rnatilgan bo’lsa 10 yil muddatga ozod etiladi.
2.9K views09:24
Ochish/sharhlash
2023-02-20 12:24:38
2023-yil 16-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–57-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan:

2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;
1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.
2.4K views09:24
Ochish/sharhlash
2023-02-15 09:01:50
2023-yil 26-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-23-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan 2025-yil 1-yanvarga qadar import qilinadigan mineral o‘g‘itlarga (TIF TN kodlari 3105 59 000 0, 3105 40 000 0, 3104 30 000 0, 3105 30 000 0 va 2835 29 900 0) bojxona bojining “nol” stavkasi qo‘llanilishi belgilandi.
3.2K views06:01
Ochish/sharhlash