Get Mystery Box with random crypto!

2022 yil 23 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ' | Bojxona ishi va huquqi

2022 yil 23 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" PQ-452-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorda:

2023-yil 1-fevraldan boshlab rezident va norezident Jismoniy shaxslarga qiymati 100 mln. soʼmgacha boʼlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasini toʼldirmasdan, 100 mln. soʼm va undan ortiq boʼlganlarini yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan zargarlik buyumlarini yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasini toʼldirgan holda, maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan Oʼzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqish mumkinligi belgilangan.