Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 10-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ | Bojxona ishi va huquqi

2023-yil 10-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–21-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:

kichik tadbirkorlik subyektlari:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.