Get Mystery Box with random crypto!

Bojxona ishi va huquqi

Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi B
Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi
Kanal manzili: @bojxonaishivahuquqi
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.32K

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-04-14 08:46:00
2023-yil 10-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Moliyaviy isteʼmol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi OʻRQ–828-son Qonuni qabul qilindi.
Kiritilgan oʻzgartishga koʻra:
Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
1.0K views05:46
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:33:28 Quyidagi jinoyatlarni sodir etganlarga jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qoʻllanilmaydi:
18 yoshga toʻlmagan jabrlanuvchi nomusiga tegish va uni jinsiy aloqaga majbur etish bilan bogʻliq jinoyatlar;
16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa yoki unga uyatsiz-buzuq harakatlar qilish;
voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotlar bilan muomala qilish;
voyaga yetmagan shaxs ishtirokida qoʻshmachilik qilish, fohishaxona tashkil etish bilan bogʻliq jinoyatlar.
1.0K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:33:19
2023-yil 11-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–829-son Qonuni qabul qilindi.

Mazkur qonun bilan:

Jinoyat kodeksiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi:

Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotlar bilan muomala qilish voyaga yetmagan shaxs ishtirokida qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish jinoyatlari jinoyatga tayyorgarlik yoki suiqasd bosqichida toʻxtatilganda, mazkur jinoyatlar uchun jazo tayinlashda yengillik berilmaydi.
1.1K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-04-05 12:52:47
2023-yil 4-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-108-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi:

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti;

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etildi.
1.2K views09:52
Ochish/sharhlash
2023-04-05 12:37:00
2023-yil 3-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 139-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qaror bilan:

Davlat muassasasi va maʻsulyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati;
Qayta tashkil etish orqali filialga aylantiriladigan davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati;
Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladigan istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalar roʻyxati tasdiqlangan.
1.1K views09:37
Ochish/sharhlash
2023-03-24 13:44:49 Salat latuk (Latuca sativa) va sikoriy (Cichorium spp), yangi yoki sovitilgan (TIF TN kodi: 0705)ni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi 2023-yil 1-sentyabrga qadar qo‘llanilishi belgilangan.
1.3K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-03-24 13:44:42
2023-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-41-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan 2024-yil 1-yanvarga qadar tovarlarni olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlangan.

Jumladan:
go‘sht va go‘shtli oziq-ovqat submahsulotlar;
yogurt, paxta, ivigan sut;
pishloq va tvoroglar;
piyozli sabzavotlar;
dukkakli sabzavotlar;
yangi va quritilgan xurmo;
yangi olma va nok;
bug’doy va javdardan tashqari g’alla donidan un;
kraxmal, inulin;
bolalar kiyimlari va ular uchun jihozlar.
1.4K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-03-24 11:02:55 Shuningdek, 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantirilishi;
sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi ma’lumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuborilishi belgilangan.
1.3K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-03-24 11:02:46
2023-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-99-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan:
2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, o‘ttiz kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi hamda mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilangan.
1.4K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-03-12 08:42:08 Qonunga koʻra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:

Oʻzbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo boʻshligʻi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bogʻlari;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
1.3K views05:42
Ochish/sharhlash