Get Mystery Box with random crypto!

Bojxona ishi va huquqi

Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi B
Telegram kanalining logotibi bojxonaishivahuquqi — Bojxona ishi va huquqi
Kanal manzili: @bojxonaishivahuquqi
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.32K

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-05-09 11:25:05
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi O‘RQ-840-son Qonuni bilan Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konvensiyasi (Jeneva, 1977-yil 20-iyun) ratifikatsiya qilindi.
1.9K views08:25
Ochish/sharhlash
2023-05-09 11:00:52 2023-yil 8-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muddatidan ilgari o‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi PF–68-son Farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan 2023-yil 9-iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlanishi belgilangan.
1.9K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-05-09 10:53:01
2023-yil 6-mayda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–838-son Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilgan.

Unga ko‘ra:
ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas;
Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi;
Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi.
1.9K views07:53
Ochish/sharhlash
2023-05-02 13:32:24
Ўзбекистонда янги таҳрирдаги Конституция кучга кирди.
Ўзбекистон Марказий сайлов комиссияси 30 апрел куни ўтказилган референдум якунлари тўғрисида қарор қабул қилди.
Қарорга асосан, “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий қонуни референдумда умумхалқ овоз бериш орқали қабул қилинган деб тан олинди.
Қонун мазкур қарор расмий эълон қилинган кун – 1 майдан эътиборан кучга кирган деб ҳисобланади.
1.1K viewsedited  10:32
Ochish/sharhlash
2023-05-02 12:52:40
Жорий йилнинг 30 апрелидан янги таҳрирдаги Меҳнат кодекси кучга кирди. Янги таҳрирдаги кодекс талабларига кўра, якка тартибдаги меҳнатга оид муносабатлар ва улар билан бевосита боғлиқ ижтимоий муносабатларни ҳуқуқий тартибга солишнинг асосий принциплари этиб қуйидагилар белгиланди:
меҳнат ҳуқуқларининг тенглиги, меҳнат ва машғулотлар соҳасида камситишни тақиқлаш;
меҳнат эркинлиги ва мажбурий меҳнатни тақиқлаш;
меҳнат соҳасидаги ижтимоий шериклик;
меҳнат ҳуқуқлари таъминланишининг ва меҳнат мажбуриятлари бажарилишининг кафолатланганлиги;
ходимнинг ҳуқуқий ҳолати ёмонлашишига йўл қўйилмаслиги.
1.1K viewsedited  09:52
Ochish/sharhlash
2023-05-01 10:35:41
2023-yilning 10-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida” PQ-118-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning 12-bandiga koʻra, isitish qozonlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xorijdan olib kelinadigan (import qilinadigan), respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar 2025-yilning 1-yanvariga qadar bojxona bojidan ozod qilinishi belgilangan.
1.4K viewsedited  07:35
Ochish/sharhlash
2023-04-15 08:04:17 Bular quyidagilar:

sport asbob-uskunalari va texnologiyalari,
inventarlari, translatsiya qilish bilan bog‘liq barcha asbob-uskunalar va texnikalar,
farmakologiya mahsulotlari, sport ozuqalari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar,
shokpad, granulalar, maxsus yelim va maxsus professional sport kiyimlari,
maxsus texnika va transport vositalari
609 views05:04
Ochish/sharhlash
2023-04-15 08:04:09
2023-yil 7-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-115-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning 15-bandi bilan 2026-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Professional futbol ligasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi, professional futbol klublari va akademiyalari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatga asosan futbol bo‘yicha sport obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan bir qancha tovarlarni olib kirganlik uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod qilingan.
619 views05:04
Ochish/sharhlash
2023-04-14 09:40:27
2023-yil 13-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni PF–51-son qabul qilindi.

Mazkur Farmon 3-ilovasi bilan tasdiqlangan qurilish materiallari va xomashyolar roʻyxatidagi tovarlarni import qilishda 2025-yil 1-yanavarga qadar bojxona bojining nol stavkasi qoʻllanishi belgilangan.

Farmonga koʻra 2023-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun respublika boʻyicha jami 44 690 ta ipoteka kreditlari ajratiladi.
1.1K views06:40
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:53:58
2023-yil 12-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 152-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan:

2023-yil 15-apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

2023-yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bogʻlangan holda raqamlashtiriladi.
1.1K views05:53
Ochish/sharhlash