Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 9-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulk | Bojxona ishi va huquqi

2023-yil 9-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–821-son Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat mulkiga egalik qilishga ushbu mulk quyidagi mezonlarning biriga yoki bir nechtasiga muvofiq bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi:

asosiy faoliyatni tabiiy monopoliyalar sohasida amalga oshirish;
aholi uchun zarur bo‘lgan, ko‘rsatilishi xususiy sektor uchun norentabel bo‘lgan tayanch xizmatlarni ko‘rsatish;
faoliyatni strategik manfaat, shuningdek aholi xavfsizligini ta’minlash sohalarida amalga oshirish yoki milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan
va ushbu Qonunga muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulkining mavjudligi.