Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 16-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ | Bojxona ishi va huquqi

2023-yil 16-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–57-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan:

2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;
1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.