Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining | Bojxona ishi va huquqi

2023-yil 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-99-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan:
2023-yil 1-maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, o‘ttiz kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi hamda mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilangan.