Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil 10-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Moliyaviy is | Bojxona ishi va huquqi

2023-yil 10-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Moliyaviy isteʼmol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi OʻRQ–828-son Qonuni qabul qilindi.
Kiritilgan oʻzgartishga koʻra:
Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.