Get Mystery Box with random crypto!

#Yurtingga_kitob_yubor “Yurtingga kitob yubor” aksiyasiga sta | Shokir Tursun qarashlari

#Yurtingga_kitob_yubor
“Yurtingga kitob yubor” aksiyasiga start berildi
Taʼlim — millatning ishi ekan. Yaqinda xorijda istiqomat qiluvchi yurtdoshimizdan oʻzga tillilarga oʻzbek tilini oʻrgatuvchi kitoblar yetib keldi. Ularda Ona tilimiz misolida tilni oson va tez oʻrganishning eng yangi yondashuvlari berilgan.

Taʼlim mazmunini toʻliq yangilashga imkon berilgan bu chogʻda Respublika taʼlim markazi jahondagi ilgʻor taʼlim tizimlarining yutuqlarini oʻrganishga kirishgan.

Markazda barcha fanlar mazmun-mohiyatini yangilash boʻyicha ish boshlagan jamoalarga koʻrib-oʻrganishlari uchun zamonaviy darslik va qoʻllanmalar zarur. Taʼlimdagi islohotlarda koʻngilli sifatida ishtirok etishni istagan yurtdoshlarimiz uchun “Yurtingga kitob yubor” aksiyasini eʼlon qilamiz.

Jahonning qaysi nuqtasida boʻlishlaridan qatʼiy nazar, yurtdoshlarimiz oʻsha hududda umumtaʼlim maktablariga yoki maktab oʻquvchilariga moʻljallangan darsliklardan Oʻzbekistonga yuborishlari mumkin.

Respublika taʼlim markazida bu darslik va kitoblarning ilgʻor jihatlari oʻrganiladi. Ushbu saʼy-harakatlarning natijasidan yurtimizdagi millionlab bolajonlar, xususan oʻzimizning farzandlarimiz, xalqimiz manfaatdor boʻladi.

Xorijdagi yaqinlaringizni “Yurtingga kitob yubor” harakatiga qoʻshilishga chorlang.

Shuhrat Sattorov, Respublika ta'lim markazi direktori

Murojaat uchun: @Mohira_PR
t.me/edurtm_uz