Get Mystery Box with random crypto!

Qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomil | Shokir Tursun qarashlari

Qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faolikka keng jalb etish, iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga (Islom Karimov nomli hamda Alisher Navoiy nomli davlat stipensiyalar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi) tanlov oʻtkazilishini rejalashtirgan.

Barcha fakultet dekanlaridan ushbu tanlovga nomzodlarni shakllantirib berish hamda talabgorlarni faol ishtirok etishlarini ta’minlashini soʻraymiz. Nomzodlar (Oʻzbekiston tarixi, Axborot texnologiyalari hamda Xorijiy til (nemis, ingliz, fransuz)) fanlardan sinovdan oʻtkaziladi.

Qoʻshimcha ma’lumotlarni olish uchun Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.

Sanjar Mavlonov. Tel.: +99871 281 45 39; +99893 803 45 40

Kanalga ulanish: @birgap