Get Mystery Box with random crypto!

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’ | Shokir Tursun qarashlari

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (attestati) (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritilishi va ushbu ko‘rsatkich 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Manba: https://regulation.gov.uz/uz/d/28636

"Oʻoʻoʻ, zoʻr qaror", - deyishga shoshilmang. Nega deysizmi? Sabablar yetarli.

1. Maktabdagi baholash formativ ya'ni joriy baholash hisoblanadi, OTMga kirish imtihoni esa, summativ ya'ni yakuniy baholashdir. Shu jihatdan qaralsa, baholashning bu ikki turini aralashtirish mumkin emas.

2. Maktabdagi baholar biz nima demaylik, subyektiv va nisbatan qoʻyiladi. Bir maktabda 5 olgan oʻquvchi boshqasida ham 5 olishi qiyin.

3. Maktabdagi oʻqituvchilarga baholash nazariyasi va amaliyotini oʻqitmaganmiz, oʻqitmayapmiz ham, ularning qoʻyayotgan bahosi qanchalik haqiqatga yaqin ekaniga qanday ishonamiz? Agar oʻsha baholarga toʻliq ishonchimiz boʻlsa, DTM testlarini bekor qilib, suhbat asosida, maktablardagi baholarga qarab qabul qilishni joriy qilaveraylik.

4. Maktablarda ham korrupsiyaning urchishiga zamin yaratgan boʻlamiz, korrupsiya xavfidan tashqari direktor hamda fan oʻqituvchisiga oʻquvchining ota-onasi, qarindoshlari tomonidan bosim ham boʻlishi ehtimoli oshadi, bunisi oʻta xavfli.

ESLATMA: bu qaror loyiha sifatida boʻlib, muhokama 16-fevralgacha davom etadi.